Qiziqarli xabarlar
Yogʻoch, limon va kokosdan issiqlik akkumulyatori yaratildi
  • 29.06.2023
  • 328

Ushbu usul juda koʻp energiya iste'mol qiladigan va uglerod iziga katta hissa qoʻshadigan an'anaviy konditsionerlar uchun ajoyib alternativ yechim boʻladi. Ishlab chiqilgan batareya har qanday issiqlik manbasidan, masalan, quyosh nuridan ham quvvatlanadi.

U qanday ishlaydi?
Lignin moddasi yog'ochdan olib tashlanadi va devorlarda sitrus va kokos asosidagi molekulalar bilan toʻldirilgan ochiq teshiklar hosil qilinadi. Limon molekulalari qizdirilganda yog'och kuchini tiklaydigan va ayni paytda yorug'likni oʻtkazuvchi polimerga aylanadi. Bu jarayonda, material kokos molekulalarini ushlab qoladi. Kokos molekulalari qattiqdan suyuqlikka ya’ni energiyani yutuvchiga yoki suyuqlikdan qattiqga oʻzgarishi va energiya chiqarishi mumkin.

Bunday issiqlik akkumulyatorlardan binolar qurish va ichki bezak uchun materiallar sifatida foydalanish mumkin. Quyosh porlab turar ekan, yog'och shaffof boʻlib qoladi va energiyani saqlaydi, lekin kechasi u oʻtkazmas bo'lib qoladi va kun davomida toʻplangan issiqlikni chiqara boshlaydi.

#buqiziq

Manba: https://t.me/clearenergy/1999

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>