❗️ Soat 20:04 da Farg‘ona viloyatida 110/35/6 kV kuchlanishli "2A" podstansiyasida T-4 transformator avariyaviy holatda o‘chgan.
O‘chish sababi: podstansiyadagi 35 kV o‘chirgichga chaqmoq tushishi oqibatida shikastlangan va himoya rejimi orqali tarmoqdan avtomatik ravishda uzilganligi aniqlangan.
Natijada Quvasoy shahridagi "Kvars" shisha zavodi, "Quvasoy sement" korxonasi hamda aholi iste'molchilari qisman elektr ta'minotidan uzilgan.
⚡️ Soat 20:41da elektr ta'minotidan uzilgan iste'molchilar qayta ulandi.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati