Yangiliklar
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi: dam olish kunida badminton sport turi bo‘yicha sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi
  • 10.06.2023
  • 321

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-yil davomida “O‘zbekiston MET” AJda sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish hamda PQ-5282-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturning 1-ilovasiga asosan badminton sport turi bo‘yicha sport musobaqasini o‘tkazish belgilangan edi.

Bugun, 2023-yil 10-iyun kuni “O‘zbekiston MET” AJ Markaziy boshqaruv apparatida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar hamda ularning oila a’zolari o‘rtasida badminton sport turi bo‘yicha sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Uchqun” sport majmuasida dastlab erkaklar bahsi, so‘ngra bolalar bahsi bo‘yicha 1-, 2-, 3-o‘rinlar uchun o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Natijalar quyidagicha:

 

Erkaklar bahsida:

1-o‘rin — Dilshod Xidirov;

2-o‘rin — Xisrat Xudoyberdiyev;

3-o‘rin — Xumoyun Ahmadaliyev.

 

Bolalar bahsida:

1-o‘rin — Shukrona Po‘latova;

2-o‘rin — Fariza Vohidova;

3-o‘rin — Fayozbek Po‘latov.

 

Aksiyadorlik jamiyati «sport targ‘ibotchisi» tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam bergan “O‘zbekiston MET” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Oila va xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisiga o‘z minnatdorligini bildiradi.

 

 ✍️ Odiljon Vohidov, Aksiyadorlik jamiyati «sport targ‘ibotchisi»

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>