«O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali balansida bo‘lgan 220 kVli “Qarshi” podstansiyasida modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi sababli 2023-yil 12-iyun kuni soat 23:00 dan 13-iyun kuni 03:00 gacha Qarshi shahar va Qarshi tumanining ayrim hududlarida joylashgan elektr tarmoqlarida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
⇒ Eslatib o‘tamiz, qurilish-montaj ishlari kunning qorong‘u qismida, yaʼni isteʼmol hajmi sezilarli darajada kamayganda bajariladi. Agarda isteʼmol hajmi keskin oshsa, V-L-Janubiy-2-35 kV, V-L-Do’stlik-35 kV havo elektr uzatish tarmog‘ida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi ehtimoli mavjud.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati