Yangiliklar
500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarida taʼmirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda
  • 21.04.2023
  • 154

2023/2024-yil kuz-qish mavsumida magistral elektr tarmoqlari obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash boʻyicha zarur choralarni koʻrish, mavsumga tayyorgarlik yuzasidan «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi VL–500 kV L–524 elektr uzatish havo tarmogʻining «QAMCHIQ» dovoni hududidan o‘tgan 10.4 kilometr qismi, aniqrog‘i 182–215-sonli tayanch ustunlar oraligʻida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Eʼtiboringizga havola etilayotgan fotolavhalarda «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali muxassislari yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ida 2023-yil 17–20 aprel kunlari amalga oshigan taʼmirlash-sozlash ishlarini aks etgan.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>