Yangiliklar
EʼLON: 500 kV li L–550 elektr tarmog‘idagi texnik-muhandislik amaliyoti boshqa kunga qoldirildi
  • 06.06.2023
  • 291

Avval xabar berilganidek, Sirdaryo viloyatida yangi qurilayotgan IESning birinchi energiya blokini ishga tushirish uchun “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan qurib bitkazilgan 500 kV li L–550 tarmog‘ini ochiq taqsimlash qurilmasiga ulash zaruriyati tufayli 2023-yil 6–8-iyun kunlari soat 04:00 dan 11:00 gacha Shirin shahri hamda Boyovut tumanidagi ayrim istemolchilar vaqtincha tarmoqdan ajratilishi haqida eʼlon berilgandi.

⚡️ Shu kunlarda yurtimizda kirib kelgan issiq ob-havo oqimi tufayli kuzatilayotgan elektr energiyasi isteʼmolining yuqori darajasi inobatga olinib, Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” DUK mutaxassislarining talabiga binoan, 500 kV kuchlanishli L–550 tarmog‘ini ochiq taqsimlash qurilmasiga ulash texnik-muhandislik amaliyoti boshqa kunga qoldirildi.

Bu haqda batafsil maʼlumotlar rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoq sahifalarida eʼlon qilinadi.

 Axborot xizmati

>