Yangiliklar
Qashqadaryo va Buxoroda 500 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyalari qurilishiga start berildi
  • 19.05.2023
  • 246

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etdi.

⚡️ Bugun Xitoy xalq Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan o‘zbek-xitoy biznes forumi tadbirlari doirasidagi onlayn aloqa orqali Qashqadaryo va Buxoro viloyatidagi yangi loyihalar — har biri 500 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektrstansiyasi qurilishiga start berildi.

Xitoylik hamkorlar hamda boshqa mutaxassislar video-aloqa orqali ishtirok etgan tadbirdat (Qashqadaryo viloyatida) "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikovlar (Buxoro viloyati) ham ishtirok etdi.

Loyiha haqida batafsil ma'lumotlar bilan rasmiy veb-saytning "Investitsiya salohiyati" rukni orqali tanishish mumkin.

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>