2023-yilning 3–4-may kunlari kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti — Dushanbe shahrida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning 41-yig‘ilishi hamda Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 39-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi U.P.Urunov, Tizim xizmatlari bosh boshqarmasi boshlig‘i Z.D.Jo‘rayev hamda Elektr energiyasi eksporti va importi bo‘limi boshlig‘i B.T.Karimovlar ishtirok etishdi.
Energetiklarning anʼanaviy ishchi yig‘ilishlarida muhim bo‘lgan masalalar: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumida Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi bo‘yicha bajarilgan ishlar sarhisobi, 2023-yil sug‘orish — melioratsiya mavsumida mintaqadagi suv resurslarini samarali boshqarish, shuningdek, Tojikiston Respublikasi energetika tizimining Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi bilan parallel ishlashini qayta tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Qozog‘iston Birlashgan energetika tizimi va Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma konsepsiyaning holati to‘g‘risida energotizim rahbarlari hisoboti va fikr-mulohazalari, shu bilan birga, Kengash hamda Komissiya faoliyatiga taalluqli boshqa bir qator masalalar muhokamasi kun tartibiga muhokama etildi.
Bu galgi tadbir mezboni Tojikistonning “Barki Tochik” kompaniyasi bo‘lgan navbatdagi yig‘ilishda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatidan tashqari Qozog‘istonning “KEGOC” aksiyadorlik jamiyati, Qirg‘izistonning “Qirg‘iziston milliy elektr tarmoqlari” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, Rossiya Federatsiyasidan kuzatuvchi maqomida Yagona energiya tizimining tizim operatori, ya'ni «SO YeES» aksiyadorlik jamiyati, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi (onlayn videoaloqa orqali) hamda xalqaro tashkilot — “Energiya” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi vakillari ishtirok etishdi.
1-kun: Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo energetiklari yig‘ilishi o‘z ishini boshladi
2023-yil 3-may kuni 9:30 dan 10:00 qadar yig‘ilish ishtirokchilarini ro‘yxatga olish jarayoni bo‘lib o‘tdi va Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning 41-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Tadbir mezboni — Tojikistonning “Barki Tochik” kompaniyasi.
Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning ishchi tartibdagi yig‘ilishda 2022/2023-yil kuz-qish mavsumida amalga oshirilgan ishlar va mavsumda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, kun tartibida 2023-yil sug‘orish mavsumida suv resurslarini boshqarish, mintaqada energiya taqchilligi va yirik avariyalar sodir bo‘lishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar, hamkorlik masalalaridagi istiqbolli rejalari, shu bilan birga, 2023/2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari haqida ham so‘z yuritildi.
Shuningdek, “Energiya” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazining 2022-yilgi faoliyatiga oid hisoboti (moliyaviy va tashkiliy masalalar) tinglandi, bundan tashqari, xalqaro dispetcherlik markazining o‘tgan hisobot yilida qayd etilgan muhim xabarnomalari ishchi tartibda tahlil etildi va dalolatnoma orqali rasmiylashtirildi.
2-kun: Tojikistonda Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashi o‘z ishini boshladi
Energetika kengashining navbatdagi yig‘ilishiga “Barki Tochik” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati xolding kompaniyasi rahbari M.Sh.Asozoda raislik qildi. Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashi ishida O‘zbekiston elektr energetika tizimi nomidan Kengash aʼzosi — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov ishtirok etdi. Bundan tashqari, Kengash ishida Qirg‘izistondan “Qirg‘iziston milliy elektr tarmoqlari” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati bosh direktori A.D.Risbekov, Qozog‘istondan “KEGOC” aksiyadorlik jamiyati Tizim xizmatlari va uni rivojlantirish bo‘yicha boshqaruv direktori N.N.Keremqulov va 20 nafardan ortiq energetika sohasi tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 39-yig‘ilishida “Energiya” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbari va mutaxassislari tomonidan ayni paytda dolzarb bo‘lgan masalalar kun tartibiga qo‘yildi va muhokama etildi. Kengash ishida kuzatuvchi maqomda ishtirok etayotgan tashkilot vakillari, bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi (onlayn video-aloqa orqali) mutaxassislarining fikrlari inobatga olingan holda kun tartibidagi masalalar tahlil etildi.
Tahlil va muhokama etilgan masalalar Kengash yig‘ilishi bayonnomasi orqali rasmiylashtirildi. Umum qabul qilingan masalalar yuzasidan har bir elektr energetika tashkilotlariga tegishli tavsiyalar berildi.
Maʼlumot o‘rnida: 2023-yilning oktyabr oyidan Muvofiqlashtiruvchi komissiya va Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashi yig‘ilishlarining mezbonlik navbati — O‘zbekistonga, yaʼni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga o‘tadi. Kengash aʼzolarining takliflari inobatga olinib, Markaziy Osiyo energetiklarning navbatdagi yig‘ilishi 2023-yilning oktabr oyida ko‘xna va hamisha navqiron — Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi belgilandi.
3-kun: Tojikistonlik energetiklar tadbir ishtirokchilarini “ROG‘UN” gidroelektr stansiyasi qurilishi bilan tanishtirdilar
Tadbir mezboni — Tojikistonning “Barki Tochik” kompaniyasi Kengash va Komissiya ishi aʼzolarini Tojikistonda bir necha yillar davomida amalga oshirilayotgan yirik loyiha — “Rog‘un” gidroelektr stansiyasi faoliyati va uning qurilish davom etayotgan obyektlariga tanishtiruv safari uyushtirishdi.
Poytaxt Dushanbe shahridan yuz kilometrdan ziyod uzoqlikdagi tog‘li hududda qad ko‘targan Rog‘un shahri va uning yonidagi tog‘ tizmasida qad ko‘tarayotgan gidroinshootning hajmi tadbir ishtirokchilarida alohida taassurot qoldirdi. Xorij qurilish-montaj tashkilotlari ishtirokida qurilishi boshlangan mazkur megaloyiha obyektlariga yirik tarmoqli tunellar orqali borildi. Ushbu tunellar “yerosti shahri” deya eʼtirof etilar ekan.
Mutaxassislar gidroinshootning ishga tushgan 2 ta blogi, yaqin yillarda ishga tushishi rejalashtirilayotgan, ayni damda qurilish ishlari olib borilayotgan yana 4 ta energobloklar holati, qad ko‘tarayotgan to‘g‘onlar, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari, ochiq va yopiq tipdagi taqsimlovchi qurilmalar, boshqaruv pulti, 500 MVA to‘la quvvatga ega yirik avtotransformator va boshqa elektr qurilmalari va ularning ish prinsipi tadbir ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganildi.
“Rog‘un” gidroelektr stansiyasi — to‘g‘on tipidagi gidroelektr stansiyasi bo‘lib, loyiha tugallangach, dunyodagi eng baland to‘g‘onga esa stansiya sifatida eʼtirof etiladigan elektr obyekti bo‘lishi kutilmoqda. GESning loyiha quvvati 3600 MVt, o‘rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati 13,8 mlrd kV⸳soatga teng. Ayni paytdagi quvvati 800 MVtni (400 MVt quvvatli 2 ta energoblok) tashkil qiladi.
Rog‘un GESi (tojikcha Nerugohi barqii obii Rog‘un) — Tojikistonda Vaxsh daryosi bo‘yida, uning yuqori bosqichi bo‘lgan Vaxsh kaskadi tarkibiga kiruvchi gidroelektr stansiyasi hisoblanadi. Loyiha tugallangach, balandligi 335 m bo‘lgan gidroelektr stansiyasining to‘g‘oni dunyodagi eng baland, stansiya esa Markaziy Osiyodagi eng yirik gidroinshootga aylanadi. 2018-yil 16-noyabrda 120 MVt quvvatga ega birinchi blok ishga tushirildi. Ikkinchi agregat 2019-yil 9-sentabrda Tojikiston Mustaqillik kuni munosabati bilan ishga tushirilgan edi. SASA-1000 loyihasi doirasida Pokiston va boshqa davlatlarga elektr energiyasi yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, hukumatlararo kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston elektr energetika tizimi Tojikistondan (melioratsiya davrida) elektr energiyasi mavsumiy importini amalga oshiradi.
4-kun: “O‘zbekiston MET” AJ mutaxassislari 500 kV kuchlanishli “Sug‘d” podstansiyasi faoliyati bilan tanishdilar
Xizmat safarining davomida ”O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi hamda mutaxassislari Tojikiston energetika sohasida olib borilayotgan yirik loyihalar bilan tanishdilar.
Misol uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi 500/220/35 kV kuchlanishli “Sug‘d” podstansiyasida bo‘lib, ushbu energetika obyektiga o‘rnatilgan elektr qurilma va uskunalari, podstansiyaga kiruvchi va chiquvchi hamda O‘zbekiston elektr energetika tizimi bilan bog‘lovchi elektr uzatish tarmoqlari ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Maʼlumot o‘rnida: “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov “Energiya” MDM rahbari X.A.Shamsiyev hamrohligida Tojikiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Usmonali Usmonzoda bilan uchrashib, Tojikiston energetika tizimining Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi bilan parallel ishlashini qayta tiklash bo‘yicha tegishli kelishuv erishib, ish rejasida nazarda tutilgan vazifalar muddatiga aniqlik kiritishdi.
Ulug‘bek Urunov, ”O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisning matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Eʼtiboringizga O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonida mazkur yo‘nalishda eʼlon qilingan xabarlar havolasini taqdim etamiz (xronologik tartibda):
11.10.2019 — Markaziy Osiyo va Afg‘oniston Energetiklari Toshkentda
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/97
11.10.2019 — Начал работу Совет энергетиков Центральной Азии
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/97
25.10.2019 — Moskvada MDH davlatlari elektr energetika kengashi bo‘lib o‘tdi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/120
25.10.2019 — В Москве прошёл Электроэнергетический совет СНГ
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/120
15.05.2020 — MDH davlatlari Energetika kengashi: sohada qayta tiklanuvchi energiya manbalarining salmog‘i dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/347
21.05.2020 — MDH davlatlari Energetika kengashi: energetika sohasida kadrlar tayyorlash, ishchi-xodimlarning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish masalasi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/353
27.05.2020 — MDH davlatlari Energetika kengashi: umumiy elektr energiyasi bozorini shakllantirish borasidagi ilk qadamlar
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/357
01.10.2020 — MDH davlatlari Energetika kengashi: ekologiya, energiya samaradorligi va «yashil energiya» masalalari
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/526
11.12.2020 — Onlayn muloqot: Markaziy Osiyo energetika tizimlari Muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi 34-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/613
17.10.2021 — Руководство АО «НЭС Узбекистана» провело встречу с руководством компании “DABS” Исламского Эмирата Афганистан
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/1500
31.10.2021 — Markaziy Osiyo energetiklari Bishkekda: energiya resurslari tanqisligi va oshib borayotgan narxlar, hamkorlikdagi faoliyat, mintaqada suv tanqisligi muammosi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1519
31.10.2021 — Энергетики Центральной Азии в Бишкеке. Обсуждение тем: дефицит энергоресурсов и рост цен на них, совместное сотрудничество, нехватка водных ресурсов в регионе
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/1519
27.01.2022 — Markaziy Osiyo elektr energetika yagona tizimi nima?
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1875
27.01.2022 — Что такое Единая энергосистема Центральной Азии?
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/1875
25.05.2022 — Markaziy Osiyo energetiklari Cho‘pon-Ota shahrida: 2021–2022 yil kuz-qish mavsumi sarhisobi, 2022 yil sug‘orish mavsumidagi ish tartibi, hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2383
25.05.2022 — Состоялось 37-е заседание Координационного Электроэнергетического Совета Центральной Азии
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/2383
26.05.2022 — uza.uz:Состоялось 37-е заседание Координационного электроэнергетического совета Центральной Азии
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/2388
28.05.2022 — Энергетики Центральной Азии обсудили важные вопросы (Бишкек, Иссык-Куль)
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/2413
24.06.2022 — Forum doirasidagi tadbirlarda gender tengligi masalalari muhokama qilindi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2484
14.07.2022 — Nursulton shahrida MDH davlatlari Energetika kengashining 60-yubiley yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2550
14.07.2022 — Состоялось 60-е заседание Электроэнергетического Совета СНГ
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/2550
16.07.2022 — Mustaqil Davlatlar Hamdustligi Elektr energetika Kengashining 60-yig‘ilishi bo‘yicha maʼlumotnoma
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2556
06.09.2022 — АО «НЭС Узбекистана»: обсуждены вопросы сотрудничества с кыргызскими энергокомпаниями в осенне-зимний сезон
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/2702
13.10.2022 — Markaziy Osiyo energetiklari Tojikistonda: Markaziy Osiyo elektr energiyasi muvofiqlashtiruvchi Kengashining 40-yig‘ilishi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2840
15.10.2022 — uza.uz — Markaziy Osiyo energetiklari Tojikistonda: bu yil kuz-qish mavsumi betalafot o‘tadimi?
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2850
09.12.2022 — Energetika sohasida mehnat faoliyati yurituvchi xotin-qizlarga eʼtibor
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3206
09.12.2022 — Вниманию женщин, работающих в энергетическом секторе
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/3206
02.05.2023 — Tojikistonda Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi aʼzolarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3888
02.05.2023 — Очередное совещание членов Объединенной энергетической системы Центральной Азии пройдет в Таджикистане
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/3888
03.05.2023 — Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo energetiklari yig‘ilishi o‘z ishini boshladi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3890
03.05.2023 — Markaziy Osiyo energetiklari: mavsumiy ishlar rejasi va tahlili, mintaqada energiya taqchilligi va yirik avariyalaroldini olishga qaratilgan tadbirlar, hamkorlik masalalari
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3891
03.05.2023 — Очередное совещание членов ОЭС ЦА проходит в Таджикистане. Российский системный оператор АО «СО ЕЭС» участвует в качестве наблюдателя
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/3891
03.05.2023 — Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo energetiklari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
04.05.2023 — В Душанбе проходит заседание энергетиков Центральной Азии
https://uza.uz/ru/posts/v-dushanbe-proxodit-zasedanie-energetikov-centralnoy-azii_479490
04.05.2023 — Tojikistonda Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashi o‘z ishini boshladi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3895
04.05.2023 — В Таджикистане начал работу Центральноазиатский координационный электроэнергетический совет
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/3895
04.05.2023 — В Душанбе проходит заседание энергетиков Центральной Азии
04.05.2023 — Dushanbe hosts a meeting of Central Asian power engineers
https://uza.uz/en/posts/dushanbe-hosts-a-meeting-of-central-asian-power-engineers_479714
«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATINING ELEKTRON MANZILLARINI KUZATIB BORING!
‖ Veb-sahifa: https://www.uzbekistonmet.uz/
‖ Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati
‖ Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq
‖ Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz
‖ Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet
‖ Odnoklassniki: https://ok.ru/group/61026265792660
‖ Utube: https://utube.uz/ru/users/7208
‖ Youtube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg
‖ VIDEODARSLAR VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI: https://t.me/+Pz1qHR0W8mYzNmZi
‖ Korrupsiyaga qarshi kurashish: https://t.me/+qCweNscaSEhlNGM6
Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz
E-xat: uzbekiston_met@exat.uz
Call centre raqami: +998 (55) 500-5545
“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati