Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo energetiklari Muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 41-yig‘ilishida davom etmoqda. Unda O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston elektr energetika tashkilotlari rahbarlari hamda mutaxassislari, shuningdek, “Energiya” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbari va mutaxassislari ishtirok etishmoqda.
Ishchi tartibdagi yig‘ilishda 2022/2023-yil kuz-qish mavsumida amalga oshirilgan ishlar va mavsumda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, kun tartibida 2023-yil sug‘orish mavsumida suv resurslarini boshqarish, mintaqada energiya taqchilligi va yirik avariyalar sodir bo‘lishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar, hamkorlik masalalaridagi istiqbolli rejalari, shu bilan birga, 2023/2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari haqida ham so‘z yuritildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur yig‘ilishlarda mintaqaning boshqa mamlakatlari energetika sohasi mutaxassislari kuzatuvchi maqomida ishtirok etmoqda.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati