Avval xabar berganimizdek, 2 kun davomida Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida mintaqa energetiklarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Bugun, 2023-yil 3-may kuni 9:30 dan 10:00 qadar yig‘ilish ishtirokchilarini ro‘yxatga olish jarayoni bo‘lib o‘tdi va Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning 41-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Tadbir mezboni — Tojikistonning “Barki Tochik” kompaniyasi.
Yig‘ilishda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi U.P.Urunov, Tizim xizmatlari bosh boshqarmasi boshlig‘i Z.D.Jo‘rayev hamda Elektr energiyasi eksportiva importi bo‘limi boshlig‘i B.T.Karimovlar ishtirok etmoqda.
▶️ Batafsil
Eslatib o‘tamiz, Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning 41-yig‘ilishida Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston elektr energetika tashkilotlari vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi (onlayn videoaloqa orqali) hamda “Energiya” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirok etishmoqda.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati