Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovich tomonidan mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bunday islohotlarni amalga oshirishda, jahon tajribasi oʻrgangan holda, Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi kompaniyalari bilan muzokaralar olib borildi va dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Mamlakatimiz energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish maqsadida bugun, 2023-yil 27-aprel kuni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ kichik majlislar zalida Xitoy Xalq Respublikasining “Energy China Overseas Investment Division China Gezhouba Group Overseas Investment Co.,Ltd.” kompaniyasi va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ oʻrtasida Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida, har birining quvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish boʻyicha shartnomalar imzolandi.
Xorijiy hamkorlar bilan muhokamalar uchrashuvi va shartnoma imzolash marosimida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov va Aksiyadorlik jamiyatining boshqa masʼul xodimlari ishtirok etishdi.
Qoʻshimcha 2,3 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beruvchi ushbu ikki yirik loyiha yiliga 588 mln. kub metr tabiiy gazni sarfini qisqartirish imkonini beradi. Natijada yoqilgʻi resurslarini tejashga hamda atmosferaga zararli chiqindilarni chiqishini kamaytirishga erishiladi.
✍️ Elektr energiyasini xususiy ishlab chiqaruvchilari bilan ishlash boʻlimi
https://minenergy.uz/uz/news/view/2776
https://minenergy.uz/ru/news/view/2776
https://repost.uz/rahmat-kitaycam
https://t.me/sputnikuzbek/27504
https://t.me/sputnikuzbekistan/33810
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati