Avval xabar berganimizdek, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalardagi mavjud elektr qurilma va jihozlarini 2023-yil yoz muvsumi, 2023/2024-kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida joriy va kapital taʼmirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, rejaga muvofiq, investitsion loyihalar doirasida magistral elektr tarmoqlari filiallarida qurilish-montaj tashkilotlari hamkorligida modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari jadal surʼatlarda bajarilmoqda. Xuddi shu kabi ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi elektr taʼminoti ishonchliligini oshirish maqsadida ham amalga oshirilmoqda.
Batafsil maʼlumotlar: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/2
Bugungi kunda «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibdagi podstansiyalar va elektr uzatish tarmoqlarida elektr uskunalarning normal ishlashini taʼminlash, yoz mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek,2023-yil joriy va mukammal taʼmirlash ishlari rejaga muvofiq olib borilmoqda.
Yoz mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha:
Filial tasarrufidagi barcha podstansiyalarda o‘rnatilgan transformatorlarning (avtotransformator) sovutish tizimi elektr dvigatellari va moy nasoslarining holati tekshirilib, soz holatga keltirildi.
Joriy va mukammal taʼmirlash ishlari bo‘yicha:
220/110/10 kV kuchlanishli “Beruniy” podstansiyasi 110 kVli ochiq taqsimlash qurilmasida (ORU-110 kV) joylashgan 110 kVli shinalararo o‘chirgich (MSHV-110 kV) yacheykasida joriy taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Sergey Umbetov, «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati