“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi «Jahon banki ishtirokida “Magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini zamonaviylashtirish va qayta qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 3284-sonli Qarori asosida elektr qurilmalarini modernizatsiya qilish dasturining 1-fazasi bo‘yicha rejali ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Filial tasarrufidagi podstansiya va elektr uzatish havo tarmoqlarini 2023–2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun elektr qurilmalar va elektr tarmoqlarida mukammal va joriy taʼmirlash ishlari olib borilmoqda, eskirgan elektr qurilmalar yangi va zamonaviylariga almashtirilmoqda.
✍Ravshan Ibragimov, “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati