Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda rejalashtirilgan mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda
  • 21.04.2023
  • 296

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi «Jahon banki ishtirokida “Magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini zamonaviylashtirish va qayta qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 3284-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 220/110/10 kV kuchlanishli «Farg‘ona» hamda «Sokin» podstansiyalarida mavjud 220/110 kVli yacheykalarning shinalar tizimidagi eski ajratgichlarini yangi va zamonaviy ajratgichlarga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Filial tassarufidagi Elektr uzatish liniya xizmati tomonidan havo tarmoqlarini 2023–2024-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun 500 kV li, texnik nomi L-503, L-524 bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida rejalashtirilgan mukammal taʼmirlash ishlari bajarilmoqda.

Bundan tashqari, 220/110/10 kV kuchlanishli «O‘zgarish» podstansiyasida 2023-yil yoz mavsumi, 2023–2024-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida 200 MVA li ATDSTN-220 rusumli AT-3 avtotransformatorini mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

 

✍️ Sherzod Komilov, «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>