Yangiliklar
Yillik rejaga asosan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida taʼmirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda
  • 18.04.2023
  • 290

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filialida yillik rejaga asosan hamda yoz mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ekspluatatsiya ishlari yuqori darajada olib borilmoqda.

Jumladan, Havo tarmoqlari xizmati xodimlari tomonida 110 kV kuchlanishli L-Saribozor-1 elektr tarmog‘ida joriy ta’mir ishlari va L-Saribozor-2 liniyasida esa mukammal ta’mir ishlari nihoyasiga yetkazildi.

Shu bilan birga, 220/110/10 kV kuchlanishli “Jizzax” podstansiyasida 200 MVA quvvatli AT-1-220 kV avtotransformatorida joriy ta’mir ishlari doirasida fazalarni ajratib turuvchi ranglarni qayta bo‘yash, Rele himoyasi xizmati tomonidan profilaktik sinov ishlari hamda 220/110/10 kV kuchlanishli “Saribozor” podstansiyasida KRUN-2-10 kV yacheykalarini rejaga asosan joriy ta’mir ishlari bajarildi.

Bundan tashqari, ayni paytda 220/110/10 kV kuchlanishli “DNS-2” podstansiyasida binoning tashqi ko‘rinishini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

✍G‘ayrat Ahmedov, “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>