Yangiliklar
Xorijiy hamkorlar bilan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
  • 10.04.2023
  • 294

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-459-sonli qaroriga asosan “Jizzax viloyatida 220 kV kuchlanishli “Zafarobod” raqamli podstansiyasini qurish” investitsion loyihasi Osiyo taraqqiyot banki kredit mablag‘lari hisobiga amalga oshirilmoqda.

 2021-yil 20-oktabrda loyihani “tayyor holda” topshirish sharti bilan xalqaro tender savdolari natijalariga asosan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Shanghai Electric Group Co., Ltd” o‘rtasida OCB/EPC-002-Z-sonli shartnoma imzolangan edi.

Bugun, 10-aprel kuni Aksiyadorlik jamiyati binosida “Shanghai Electric Group Co., Ltd.” vitse prezidenti Janob Shi Lu hamda Moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori janob Huang Baozhong bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida loyihani o‘z vaqtida yakunlash choralari va hamkorlik masalalari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi. Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni kengaytirish va aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kelishib olishdi.

✍️ Investitsiyalar bosh boshqarmasi

Axborot xizmati

>