Yangiliklar
500 kV kuchlanishli “Lochin” podstansiyasida maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi
  • 10.04.2023
  • 345

«Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 500 kV kuchlanishli “Lochin” podstansiyasida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 13-yanvar sanasidagi 12-sonli buyrug‘iga muvofiq «Texnogen va tabiiy ofatlar bilan bog‘liq favqulotda vaziyatlar ro‘y berganda Fuqaro muhofazasi tuzilmalari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va tez tibbiy yordam bilan hamkorlikdagi harakat» mavzusida maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

✅ Mashg‘ulotlar so‘nggida bajarilgan amaliyotlar mutaxassislar tomonidan baholandi

O‘tkazilgan maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari so‘nggida bajarilgan amaliyotlar mutaxassislar tomonidan atroflicha baholandi. Yaxshi ko‘rsatkichlar va faol ishtirok etgan xodimlar alohida eʼtirof etilib, yo‘l qo‘yilgan juzʼiy xato va kamchiliklar tahlil qilindi, tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Ko‘rik mashg‘ulotlarida faol ishtirok etgan xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

⇒ Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston MET» AJ podstansiyalarida turli yo‘nalishdagi mashg‘ulotlar o‘tkazilib, masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda xodimlarning kasbiy mahorati oshirib boriladi.

▶️ 05.05.2021 —  500 kVli «Toshkent» podstansiyasida avariyaga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazildi

▶️  25.06.2021 — 500 kV kuchlanishli «Surxon» podstansiyasida maxsus taktik-o‘quv mashqlari o‘tkazildi

▶️ 23.08.2021 —  Sanoat va yong‘in xavfsizligi ta’minlash mavzusida o‘quv seminari hamda 500 kМli «So‘g‘diyona» podstansiyasida ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi

▶️  20.07.2022 — 500 kV kuchlanishli «Toshkent» podstansiyasida o‘quv-taktik mashqlar o‘tkazildi

▶️  25.07.2022 — 500/220/10 kV kuchlanishli «O‘zbekiston» podstansiyasida o‘quv-taktik mashqlar o‘tkazildi

▶️  05.08.2022 —  500/220/10 kV kuchlanishli «Lochin» podstansiyasida zilzila va uning oqibatlariga bog‘liq favqulotda vaziyatlar bo‘yicha mashqlar o‘tkazildi

▶️  02.04.2023 —  500 kVli “Qorako‘l” podstansiyasida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

 

✍️ «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali Xavfsizlik va maxsus ishlar guruhi

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>