Yangiliklar
Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda
  • 05.04.2023
  • 326

Tolimarjon IESda o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini muqobil energiya manbalari yordamida ishlab chiqarishga alohida e’tibor berilmoqda.

Shu maqsadda stansiyada quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi bunyod etilmoqda.

Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 1,8 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Buning natijasida yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

▶️ @minenergy_uz

 

Manba: https://t.me/minenergy_uz/7631?single

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>