Yangiliklar
500 kV kuchlanishli “Qorako‘l” podstansiyasida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
  • 02.04.2023
  • 436

2023-yil 29–31-mart kunlari Olot va Qorako‘l tumanlarida “Boshqaruv organlari, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat funksional va quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida o‘tkazilgan qo‘mondonlik shtab o‘quv mashqini yuqori saviyada tashkillashtirgani uchun 500 kV kuchlanishli “Qorako‘l” podstansiyasi jamoasiga Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Tashakkurnoma esdalik yorlig‘i taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, qo‘mondonlik shtab o‘quv mashqlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2023-yil 6-yanvardagi buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi podstansiyalarda yong‘in xavfsizligi va turli yo‘nalishdagi o‘quv-taktik tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazib turiladi.

✍️  “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>