Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Ishga kirish bo‘yicha kimga murojaat qilishim kerak?»
  • 06.02.2023
  • 648

Murojaat egasi: Nortojiyev Adhambek Alisher o‘g‘li, Surxondaryo viloyati.

Elektron pochta: adhabknortojiyev@gmail.com

Murojaat mazmuni: Ishga kirish bo‘yicha kimga murojaat qilishim kerak?

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Adhambek Alisher o‘g‘li! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali yuborgan murojaatingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

Murojaatingizga javob o‘rnida, sizga shuni ma’lum qilamizki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining  elektron pochtalari orqali tegishli hujjatlaringizni, qaysi bo‘sh ish o‘rniga ishga kirish uchun yuborayotganingizni belgilab (shu bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilish uchun qo‘yilgan talablarga muvofiq kelishingizni bilgan holda) yuborsangiz, u albatta Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Ma’lumot o‘rnida: «Onlayn rezyume» https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume.

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz;  info@uzbekistonmet.uz.

Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasidan murojaat: Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta’mirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, nomzodlar oliy ta’lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta’minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan ma’lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi ma’lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma’qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi.

Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

Ma’lum bir bo‘sh o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar suhbatga chaqirilayotgani (sanasi va vaqti) Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy-veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e’lon qilib borilmoqda. E’tiborli bo‘ling va ijtimoiy tarmoq sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang!

⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25

Batafsil ma’lumotlar quyidagi e’lon tarkibida yozilgan:

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3441

Axborot xizmatidan tavsiya: Hurmatli fuqaro Adhambek Alisher o‘g‘li, murojaatni to‘liq va adabiy til qoidalariga muvofiq yozishingiz, murojaat qilishdan oldin Aksiyadorlik  jamiyat uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytining «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni  va nomzodlarga qanday talablar qo‘yilgani bilan biroz qiziqsangiz, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Unutmang, ishga kirishni istagan har bir nomzodning bilim-saviyasi o‘rganiladi va bu — xodimning salohiyati (ko‘rsatkichlari) mehnat samaradorligini belgilovchi birinchi omil sifatida e’tirof etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot: Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-sayti, bosh sahifasida O‘zbekiston Respublikasining xaritasi shaklida infografika ma’lumotnoma-jadvali joylashtirilgan bo‘lib, qaysi hududni belgilasangiz, o‘sha hududdagi Magistral elektr tarmoqlari filiali haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatingiz paydo bo‘ladi. Ma’lumotnomada telefon raqamlari ham ko‘rsatilgan bo‘lib, mutaxassislar sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>