«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonidan 2022-yil davomida jami: 4 ta matbuot anjumani, 4 ta press-tur, 16 ta taqdimot tadbirlari, Energetika vazirligi matbuot shtabidan 5 ta brifing amalga oshirildi.
Shundan:
2022-yilning birinchiyarmi davomida jami: 3 ta matbuot anjumani, 2 ta press-tur, 8 ta taqdimot tadbirlari, 2 ta Energetika vazirligi matbuot shtabidan brifing amalga oshirildi;
2022-yilning ikkinchi yarmi davomida jami: 1 ta matbuot anjumani, 1 ta brifing, 2 ta press-tur, 8 ta taqdimot tadbirlari, 3 ta Energetika vazirligi matbuot shtabidan brifing amalga oshirildi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonidan 2022-yil davomida jami: 21 ta onlayn efirlar ijtimoiy tarmoq sahifalariga yuklandi.
Shundan:
2022-yilning 1-yarmi davomida 10 ta onlayn efirlar;
2022-yilning 2-yarmi davomida 11 ta onlayn efirlar.
2022-yil davomida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi hamda uning o‘rinbosarlari ishtirok etgan tadbirlar soni: 23 ta.
Shundan:
2022-yilning 1-yarmi davomida: 11 marta boshqaruv raisi hamda uning o‘rinbosarlari ishtirok etgan tadbirlar o‘tkazildi;
2022-yilning 2-yarmi davomida: 12 marta boshqaruv raisi hamda uning o‘rinbosarlari ishtirok etgan tadbirlar o‘tkazildi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonidan 2022-yil davomida jami: veb-saytda 1441 ta (o‘zbek tili lotin hamda kirill grafikasida, qisman shularning rus va ingliz tilidagi tarjimalari bilan), ijtimoiy tarmoq sahifalarida 7020 ta axborot (repostlar xabarlar bilan birga) OAV hamda jamoatchilik e’tiboriga taqdim etildi.
Shundan:
2022-yilning 1-yarmi davomida jami veb-saytda 743 ta, ijtimoiy tarmoq sahifalarida 4000 dan ziyod axborotni yetkazib berish shakli (infografika, foto, audio, video, matn shaklida, repostlar);
2022-yilning 2-yarmi davomida jami veb-saytda 698 ta, ijtimoiy tarmoq sahifalarida 6000 ga yaqin axborotni yetkazib berish shakli (infografika, foto, audio, video, matn shaklida, repostlar).
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati www.uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali qayd etilgan muroojjatlarga 2022-yil davomida jami: 128 ta (o‘zbek tili lotin hamda kirill grafikasida, qisman rus tilidagi murojaatlarga) yozma shaklda javob berilib, murojaatchilarning electron pochtasiga yuborildi.
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/23
https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/category/23
www.uzbekistonmet.uz veb-saytining «Onlayn maslahatchi» dasturlari orqali qayd etilgan murojaatlarga berilgan javoblar bir necha mingtadan oshdi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonidan 2022-yil davomida sohaga oid muammolarni birinchi manba sifatida 28 marta yoritildi.
Shundan:
2022-yilning 1-yarmi davomida sohaga oid muammolarni birinchi manba sifatida 17 marta yoritilgan;
2022-yilning 2-yarmi davomida sohaga oid muammolarni birinchi manba sifatida 11 marta yoritilgan.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonidan 2022-yil davomida xorij mabuotida mualliflik maqola e’lon qilinmadi.
Biroq bir nechta mahalliy va xorijiy nashrlar www.uzbekistonmet.uz veb-sayti ma’lumotlari hamda matbuot kotibining intervyulariga tayanib, yangiliklar, xabar va ma’lumotlar e’lon qildi:
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmatining faoliyatiga taalluqli umumiy ma’lumotlar:
✔ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qaroriga asosan Jamiyat boshqaruvi raisining 2019-yil 3-iyuldagi 29-sonli buyrug‘iga binoan «O‘zbekiston MET» AJ tarkibida Axborot xizmati tashkil etilgan;
✔ Jamiyat boshqaruvi raisining 2019-yil 23-avgustdagi 66/k-sonli buyrug‘i bilan Axborot xizmati rahbari, ya’ni boshqaruv raisining matbuot kotibi ― axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga Urunov Ulug‘bek Pulatovich tayinlangan;
✔ Axborot xizmati rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining dastlabki suhbat sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan, bu haqda Jamiyat boshqaruvi raisi nomiga tavsiyanoma xati taqdim etilgan;
✔ Axborot xizmatida Jamiyat shtat jadvaliga muvofiq bir nafar mutaxassis (xizmat rahbari) mehnat faoliyatini olib boradi, unga texnik ta’minot bo‘yicha yordamchilar, ya’ni veb-saytga ma’lumotlarni joylashtirish uchun «Energo–IT» filialining ikki nafar xodimi biriktirilgan;
✔ Axborot xizmati rahbariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining attestatsiyasidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma berilgan. PQ-4366-son qarorga muvofiq matbuot kotibiga maslahatchi maqomi berilgan bo‘lib, transport, tibbiy va ish haqi shartlariga ko‘ra boshqaruv raisi o‘rinbosariga tenglashtirilgan.
✔ «O‘zbekiston MET» AJning rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, Odnoklassniki, Utube, Youtube) sahifalari barqaror faoliyat yuritmoqda.
✔ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati (matbuot kotibi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ishchi guruhi, Monitoring markazi tomonidan taqdim etilgan materiallar tahlili, mediamakondagi negativ ma’lumotlarga tegishli tartibda munosabat bildirish amaliyoti muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, elektr ta’minotidagi nosozliklar, ta’minotdagi uzilishlar, iste’molchilarning to‘lov majburiyatlari, to‘lov madaniyati yuzasidan targ‘ibot ishlarida elektr energiyasi iste’molchilari bilan bevosita ishlaydigan turdosh tashkilotlar: «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ hamda «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ faoliyatiga Axborot hamkori sifatida ko‘mak berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining muhim xabarlari ham tegishli tartibda «O‘zbekiston MET» AJning ijtimoiy tarmoq sahifalarida qayta e’lon qilinmoqda.
✔ O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati tomonidan yangilanib boriladigan www.president.uz veb-saytidagi maqola va xabarlar Aksiyadorlik jamiyatining veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida qayta repost qilib borilmoqda. Shu bilan birga, muhokamadagi qaror loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar berilgan bo‘lib, uzbekistonmet.uz veb-saytining «Yangiliklar» ruknidagi maqola, e’lon va ma’lumotnomalarda huquqiy axborot (qonunchilikdagi yangiliklar) berib boriladi.
✔ Bundan tashqari, Jamiyatning rasmiy telegram kanalida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” maxsus ilovasidagi sohaga taalluqli ma’lumotlar tez-tez qayta e’lon (repost) qilib turiladi.
✔ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmonining mohiyati va ahamiyati, unda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytida «Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda» nomli yangi rukn tashkil etildi. Shuningdek, “Yoshlar siyosati” nomli yangi rukn orqali yoshlar siyosaiga oid ma’lumotlar berib borilmoqda.
✔ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy telegram kanalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga binoan 3 ta ISHONCH RAQAMI: Yagona telefon (Axborot xizmati 71/236-6035; Ishonch raqami (jismoniy va yuridik shaxslar murojaati bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi raqami) 71/208-56-46; Devonxona (Ijro intizomini nazorat qilish va ishlarni yuritish boshqarmasi) 71/236-6226 telefon raqamlari ishlab turibdi.
✔ Bundan tashqari, «O‘zbekiston MET» AJ faoliyatida korrupsiya holatlari aniqlanganda bog‘lanish uchun maxsus raqam: +998-71-208-5649 faoliyat yuritmoqda.
✔ 2021-yilda Call sentry raqami +998 (55) 500-5545 ishga tushirildi va uning ish faoliyati uzbekistonmet.uz veb-sayti bilan integratsiyalashtirildi.
✔ Jamiyatning veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda e’lon qilib borilmoqda.
✔ Bundan tashqari, uzbekistonmet.uz veb-saytida bo‘sh ish o‘rinlariga salohiyatli kadrlarni jalb qilish hamda ishga qabul qilish jarayonini shaffofligini ta’minlash maqsadida “Onlayn rezyume” va “Onlayn maslahatchi” elektron dasturlari joriy qilingan.
Aksiyadorlik jamiyat rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili lotin va o‘zbek tili kirill grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 9 ta rukn, 47 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi hududiy filiallar haqida batafsil ma’lumotlar joylashtirilgan infografika ma’lumotnomasi mavjud.
✔ Magistral elektr tarmoqlari filiallari haqidagi ma’lumotlar (filial manzili, asosiy ish faoliyati, bog‘lanish uchun telefon raqamlari, filial rahbarining ism-sharifi) xarita shaklidagi infografikaga joylashtirilgan.
✔ Ayni paytda veb-saytga joylashtirilgan ma’lumotlar soni 3200 dan ziyod bo‘lib, keng jamoatchilik uchun ochiq. Veb-saytda mobil qurilmalar uchun soddalashtirilgan dizayn versiyasi, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ularga tezkor munosabat bildirish, tashriflar statistikasini o‘rganish va nazorat qilish, veb-sayt bo‘yicha izlash imkonini beruvchi funksiyalar mavjud.
✔ Ochiq ma’lumotlar portaliga Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga taalluqli ma’lumotlarni joylashtirish amaliyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-sonli qarorining tegishli bandlariga muvofiq 2019-yil oktyabr oyidan boshlab amalga oshirilmoqda.
✔ 2021-yil 15-iyul sanasidan boshlab Ochiq ma’lumotlar portaliga Farmonda belgilab berilgan tartibdagi kengaytirilgan ma’lumotlar yuklanib, hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etilmoqda.
1. Bo‘sh ish o‘rinlari https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25
2. Asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/69
3. Tashqi qarz (https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/54
4. Murojaatlar statistikasi https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2584
5. Davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2585
6.Xizmat safari va mehmonlarni qabul qilish xarajatlari https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2586
7.Xizmat avtomototransport vositalari https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2587
Shuningdek, Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-saytiga:
14 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/30
31 ta Prezident Qarorlari http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/31
18 ta Prezident Farmonlari http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/32
23 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/33
11 ta Normativ hujjatlar http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/34
2 ta Xalqaro hujjatlar http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/18 joylashtirilgan.
Shu bilan birga, muhokamadagi qaror loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar berilgan bo‘lib, uzbekistonmet.uz veb-saytining «Yangiliklar» ruknidagi maqola, e’lon va ma’lumotnomalarda huquqiy axborot (qonunchilikdagi yangiliklar) berib boriladi.
Bundan tashqari, Jamiyatning rasmiy telegram kanalida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” maxsus ilovasidagi sohaga taalluqli ma’lumotlar tez-tez qayta e’lon (repost) qilib turiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Monitoring markazi tomonidan taqdim etilgan materiallar tahlili, mediamakondagi negativ ma’lumotlarga tegishli tartibda munosabat bildirish amaliyoti muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, elektr ta’minotidagi nosozliklar, ta’minotdagi uzilishlar, iste’molchilarning to‘lov majburiyatlari, to‘lov madaniyati yuzasidan targ‘ibot ishlarida elektr energiyasi iste’molchilari bilan bevosita ishlaydigan turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ faoliyatiga Axborot hamkori sifatida ko‘mak berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining muhim xabarlari ham tegishli tartibda «O‘zbekiston MET» AJning ijtimoiy tarmoq sahifalarida qayta e’lon qilinmoqda.
✍U.P.Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi
✅ «O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATINING ELEKTRON MANZILLARINI KUZATIB BORING!
Veb-sahifa: uzbekistonmet.uz
Telegram: https://t.me/uzmetaxborotxizmati
Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq
Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet
Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz
Odnoklassniki https://ok.ru/group/61026265792660
Utube videofayllari https://utube.uz/ru/users/7208
Youtube videofayllari https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg
Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz
E-xat: uzbekiston_met@exat.uz
Ulug‘bek Urunov (Matbuot kotibining ijod sahifasi) https://t.me/ulugbekijodnamunalari
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati