Yangiliklar
«SARDOBA» SUV OMBORI TOSHQINIDAN ZARAR KO‘RGAN AHOLI VAKILLARI XAYRIYA KARVONI YUBORGAN TASHKILOTLARGA MINNATDORLIK BILDIRISHDI
  • 11.05.2020
  • 777

  Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv apparatining qaroriga muvofiq joriy yilning 7-may kuni «Sardoba» suv ombori toshqinidan zarar ko‘rgan, hozirda vaqtincha yashash joylarida istiqomat qilayotgan aholi vakillariga 60,0 mln. so‘mlik kiyim-kechak, xo‘jalik va uy-ro‘zg‘or buyumlari yetkazib berilgan edi.

  Energetiklarning xayriya karvoni Sayxunobod tumanidagi kasb-hunar kollejiga evakuatsiya qilingan sardobaliklar Yangiyer shahriga ko‘chirilgan aholi uchun jo‘natilgandi.

 

  Aholi vakillari xayriya karvoni tashkil etgan tashkilotlarga minnatdorlik bildirishdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasining «Diyor» dasturidan lavha tomosha qilishingiz mumkin.

 

Батафсил: uzbekistonmet.uz/uz/   

Batafsil:     uzbekistonmet.uz/oz/ 

Подробно: uzbekistonmet.uz/ru/ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>