Bo‘sh ish o‘rni:
“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori lavozimiga
Talablar:
Maʼlumoti: oliy ma’lumotli bo‘lishi lozim;
Ish tajribasi va staji: Energetika tizimida kamida 5 yillik samarali mehnat faoliyati va rahbar lavozimlarida ishlagan bo‘lishi lozim;
Tillarni bilishi: Davlat va rus tili mukammal bilishi lozim;
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonunni, Elektr energetika tarmoqlarini rivojlantirish va isloh qilish, moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, ko‘rsatmalari, farmoyishlarini va energetika sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni, “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni texnikasi qoidalari”ni, “Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari”ni, “O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari”ni, “Yagona elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi, Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunlar, qurilish norma va qoidalarini, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunni, xodimlarning malaka toifasini hisobga olgan holda kadrlarni samarali ravishda joy-joyiga qo‘yish, ishlab chiqarish va boshqaruvning hozirgi darajasidan va rivojlanishi istiqbollaridan kelib chiqib, zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, yangicha fikrlaydigan kadrlarni aniq maqsadni ko‘zlab tayyorlashni;
Elektr energetikasi tizimining xavfsiz va ishonchli ishlab turishini taʼminlashni;
Elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash, rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirishni;
Elektr energetikasini rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etishni;
Elektr energetikasi obyektlarini moliyalashtirish, qurish, ishga tushirish va foydalanishdan chiqarish tartibini;
Elektr energetikasi obyektlaridagi ilmiy tadqiqot, sozlash, taʼmirlash va muhandislik-loyiha ishlarini muvofiqlashtirishni;
Elektr energetikasi sohasida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasiga doir ishlar muvofiqlashtirilishini amalga oshirishni;
O‘z elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarida elektr energiyasining texnologik nobudgarchiligini kamaytirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirishni;
Texnik jihatdan foydalanish qoidalariga muvofiq o‘z elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlaridan foydalanilishini va ularning taʼmirlanishini tashkil etishni;
Kompyuter savodxonligi bo‘yicha kamida Microsoft Office Word va Microsoft Office Excel dasturlarida ishlashni bilishi;
Elektr xavfsizligi bo‘yicha V guruhga ega bo‘lishi lozim.
Taklif etamiz:
♦ Kasbiy rivojlanish va martaba oʻsishi;
♦ Korporativ taʼlim va treninglar;
♦ Qulay mehnat sharoitlari;
♦ Zamonaviy ofis;
♦ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
♦ Inoq jamoa;
♦ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
⇒ Boshqa e’lonlar: «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida:
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy.
Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
Onlayn rezyume https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume
Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati