Yangiliklar
AKSIYADORLIK JAMIYATI XODIMLARINING XAYRIYA AKSIYALARI DAVOM ETMOQDA
  • 08.05.2020
  • 717

 Avval xabar berganimizdek,  «O‘zbekiston MET» AJ xodimlari o‘z arizalariga ko‘ra ish haqlarining bir qismini, aniqrog‘i  197,61 mln so‘m mablag‘larni “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazib bergan edi.
Batafsil: uzbekistonmet.uz/oz/

  Karantin tufayli mehnat ta'tiliga  chiqishi tavsiya etilgan xodimlarimiz o‘z ish joylariga qaytgandan so‘ng yozilgan arizalar asosida yana 12,9 mln. so‘m xayriya summasi o‘tkazildi va Fond hisob raqamiga jami 210,5 mln. so‘m beg‘araz yordam o‘tkazildi.

  Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv apparatining qaroriga muvofiq kecha «Sardoba» suv ombori toshqinidan zarar ko‘rgan, hozirda vaqtincha yashash joylarida istiqomat qilayotgan aholi vakillariga 60,0 mln. so‘mlik kiyim-kechak, xo‘jalik va uy-ro‘zg‘or buyumlari yetkazib berilgan edi.
Batafsil: uzbekistonmet.uz/oz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>