Xabaringiz bor, mamlakatimizda yuqumli kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan tartiblarning kuchaytirilishi karantin davrining qisqartirishi va tez kunlarda odatiy turmush va mehnat faoliyati tarziga qaytishimiz uchun xizmat qilayotganiga kun sayin guvoh bo‘lib bormoqdamiz.
Mamlakatimizdagi barcha soha vakillari qatorida energetika sohasi vakillari ham pandemiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etmoqda. Ayniqsa, xalqimizga xos mehr-muruvvat, sahovat kabi xislatlar yanada ko‘proq namoyon bo‘layotganini kuzatishimiz mumkin.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati xodimlari ixtiyoriy ravishda, ish haqlarining bir qismini “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazib berdi. Jamiyat tarkibidagi Boshqaruv apparati va hududuy tuzilmalarda mehnat faoliyati yuritayotgan ko‘psonli ishchi-xodimlarning arizalariga ko‘ra bir kunlik ish haqi ushlab qolinib, jami 197,61 mln so‘m atrofida fond hisob raqamiga o‘tkazib berildi.
Fondga yig‘ilgan mablag‘lar dori-darmon, tibbiy anjomlar, dezinfeksiya, shaxsiy gigiyena vositalari va koronavirusga qarshi kurashdagi boshqa choralarni moliyalashtirish, tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish uchun ishlatilishi va bunda Aksiyadorlik jamiyatimiz xodimlarining ham ulushi borligi bizni mamnun etadi.
Ma'lumot o‘rnida: «Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondi O‘zbekiston hukumatining 1988-yil 28-noyabrdagi 444-sonli qaroriga asosan 1989-yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan konferensiyada ta'sis etilgan bo‘lib, 2014-yil 21-noyabrida 389p-qaydnoma orqali O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qayta davlat ro‘yxatiga olingan.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati