Yangiliklar
Quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalari bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar. Ushbu qurilmalar uchun berilgan imtiyoz va afzalliklar:
  • 18.01.2023
  • 634

➖Quyosh panellarini uydan chiqmagan holda onlayn xarid qilish mumkin. Buning uchun https://energymarket.uz/ platformasiga kirib, xohlagan kompaniyadan, xohlagan quvvatdagi qurilmalarga buyurtma berish mumkin.

➖Jismoniy shaxslar quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini 3 yil muddatga foizsiz, bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olishlari mumkin.

➖Bunda, 5 kilovattgacha bo‘lgan qismiga bo‘lib-bo‘lib to‘lash (rassrochka) imtiyozlari beriladi.

➖Fuqarolar tomonidan ushbu qurilmalarni to‘liq xarid qilinganda quyosh panellari xarajatlarinnig 6 mln so‘mgacha va quyosh suv isitish qurilmalarining 2,1 mln so‘mgacha qismi Energiyani tejash jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilib beriladi.

➖Ushbu qurilmalarni o‘rnatganingizdan so‘ng, elektr ta’minoti korxonasi bilan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolashingiz mumkin.

➖Agar xonadoningizga 5 kVt quvvatdagi quyosh fotoelektr stansiyasini o‘rnatsangiz, bu sizga o‘rtacha 50 mln so‘mga tushadi va u bugungi kundagi tarif bilan hisoblaganda 9 yilda o‘zini qoplaydi. Keyingi 11 yil quyosh stansiyasidan chiqqan elektr energiyasiga pul to‘lamaysiz.

➖Xonadoningizda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ortgan qismini elektr ta’minoti korxonasiga sotib daromad olishingiz mumkin. Bunda, tadbirkorlik faoliyati deb hisoblanmaydi va hech qanday soliq to‘lamaysiz.

➖Qurilmalarni o‘rnatgan va to‘liq ushbu qurilmadan xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlagan (o‘rnatilgan yer maydoni uchun) jismoniy shaxslar 3 yil, tadbirkorlik sub’ektlari esa 10 yil davomida er va mulk solig‘idan ozod bo‘ladilar.

➖Elektr ta’minoti korxonasi xonadon egasidan elektr energiyasining 1 kVt-soatini amaldagi tarif bo‘yicha o‘rtacha 350-360 so‘mdan sotib oladi. Ma’lumot uchun elektr ta’minoti korxonasi aholiga 295 so‘mdan sotadi.

➖Elektr ta’minoti korxonasiga sotgan elektr energiyangizni korxona sizning hisob raqamingizga to‘lab beradi.

➖Hozirgi o‘rnatilgan zamonaviy elektr hisoblagichlar ikki tomonlama hisoblaydi. Ya’ni, xonadoningizda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini elektr ta’minoti korxonasiga sotganingiz va elektr ta’minoti korxonasidan olganingizni hisoblab beradi.

➖Bu boradagi barcha jarayonlarni (quyosh panelingiz orqali ishlab chiqarish, soatlik, kunlik, oylik iste’molingiz, ortiqchasini tarmoqqa uzatayotganingiz, qabul qilganingiz va boshqalar) qo‘l telefoningizdagi maxsus ilova orqali onlayn ko‘rib borishingiz mumkin.

➖Quvvati 100 kVt va undan ortiq bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlik uchun mol-mulk solig‘ini to‘lashdan hamda ushbu qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha er solig‘ini to‘lashdan o‘n yil muddatga ozod etiladi.

➖2024-yil 1-yanvarga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish uchun tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan import qilinadigan asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqa materiallar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️@minenergy_uz

Manba: https://t.me/minenergy_uz/7090

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>