Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli podstansiyalar faoliyatining barqarorligi uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan
  • 16.01.2023
  • 285

⚡️ «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi podstansiya va tarmoqlar barqaror faoliyatda. Ammo ob-havoning sovib ketishi natijasida yuzaga kelgan iste'mol hajmining keskin oshishi poytaxt iste'molchilari uchun birmuncha noqulayliklar kelib chiqishiga sabab bo‘layotgani rost.

Ma'lumot o‘rnida: Yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi moyli elektr qurilmalarda moy tarkibi quyuqlashib, me'yordan pasayishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, kunning ma'lum soatlarida elektr tarmoqlariga tushayotgan yuklama me'yordan oshib yoki kamayib ketishi elektr uskunalariga salbiy ta'sir ko‘rsatishining oldi olinmoqda.


✔️ 220–110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida favqulodda avariyali o‘chishlarning oldini olish maqsadida Filialda 24/7 rejimida tun-u kun ishlaydigan tezkor brigada tashkil etilgan bo‘lib, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarning barqaror faoliyati ta'minlanmoqda.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

>