⚡️ BO‘SH ISH O‘RINLARI:
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasining xususiy ishlab chiqaruvchilari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tanlov e’lon qiladi.
Lavozim vazifalari:
♦ Xususiy elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar bilan ishlash, o‘zaro tuzilgan shartnoma shartlari bajarilishini ta’minlash;
♦ Sohaga xususiy investorlarni jalb etish, muzokaralarda ishtirok etish;
♦ Xususiy investorlar tomonidan quriladigan elektr stansiyalar bo‘yicha o‘tkaziladigan tender savdolarini kuzatish, g‘olib kompaniyalar bilan shartnoma tuzishga kirishish;
♦ Xususiy investorlar tomonidan qurilayotgan loyihalar bo‘yicha monitoring olib borish, Jamiyat zimmasiga olingan vazifalarni bajarilishini ta’minlash.
Kerakli ko‘nikmalar va malakalar:
♦ Energetika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
♦ Elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonini puxta bilish;
♦ Ingliz tilini mukammal bilish;
♦ Oliy ma’lumotga ega bo‘lish.
Taklif etamiz:
♦ Kasbiy rivojlanish va martaba oʻsishi;
♦ Korporativ taʼlim va treninglar;
♦ Qulay mehnat sharoitlari;
♦ Zamonaviy ofis;
♦ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
♦ Inoq jamoa;
♦ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
⇒ Boshqa e’lonlar: «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida:
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy.
Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
Onlayn rezyume https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume
Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati