Qiziqarli xabarlar
Fizik Anri Bekkerel radioaktivlik hodisasini qanday kashf etgan?
  • 07.12.2022
  • 353

Anri Bekkerel
Fransuz fizigi bo‘lib, u fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori hamda radioaktivlik hodisasini kashf etgan insonlardan biri.

1895-yilda Vilgelm Rentgen katod naychasidan chiqadigan yangi nurlarni kashf etdi. O‘sha vaqtda Bekkerel lyuminessent moddalardan rentgen nurlari chiqadimi yoki yo‘qligini tekshira boshlagan. 1896-yilda u qorong‘u xonada bir parcha uran rudasini fotoplastinka ustida bir necha kunga qoldirgan. Natijada plastinkaga ruda parchasining tasviri tushib qolgan.

Uranning fosforli bo‘lmagan tuzlari bilan bir qator boshqa tajribalar o‘tkazilgandan so‘ng, kiruvchi nurlanish tashqi energiya manbasini qo‘zg‘atmasdan uranning o‘zidan kelib chiqishi aniqlangan.

1903-yilda Per va Mariya Kyurilar bilan birga Bekkerel ham fizika bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan.

#tarix

Manba: https://t.me/clearenergy/1740

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>