Avval xabar berganimizdek, Magistral elektr tarmoqlari filiallarining ma’muriy binolari tomiga quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Dastlabki quyosh panellari «O‘zbekiston MET» AJ ma’muriy binosining tom qismiga, so‘ngra «Samarqand MET», «Andijon MET» hamda «Farg‘ona MET» filiallari binolariga «yashil energiya» manbasi o‘rnatilgan edi.
⚡️ Ayni kunlarda «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialining ma’muriy binosiga ham 20 kVt quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 10-iyun kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga muvofiq, "O‘ztexsanoat” uyushmasi o‘tkazilgan ko‘rgazmadagi kelishuvlarga binoan, “O‘zbekiston MET” AJ Solar Nature korxonasi bilan 28 ta obyektga 500 kVt quvvatli quyosh paneli o‘rnatish bo‘yicha umumiy qiymati 5,0 mlrd. so‘mlik shartnoma imzolangan.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati