Ko‘pchilikka ma'lumki, O‘zbekiston elektr energiya umumtizimi import amaliyoti bilan bir qatorda qo‘shni Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini ham amalga oshiradi. Energetika borasidagi hamkorlik Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan qo‘shnichilik aloqalarini yaxshilash, qo‘shni mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan bo‘lib, bu haqdagi barcha ma'lumotlar ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilik e'tiboriga havola etilmoqda.
Manba: t.me/uzmetaxborotxizmati/
Havola: uzbekistonmet.uz/
Kecha, 2020-yil 2-aprel kuni tungi soat 22:15 da Afg‘oniston energotizimi iste'moli 450 mVtdan «nol» qiymatgacha kamaydi. O‘zbekiston hududida joylashgan va Afg‘onistonga elektr energiyasini uzatib beruvchi 220 kVli havo tarmoqlarida avariya holati yuz bermagan. Soat 22:30da eskport amaliyotining ma'lum qismi tiklanib, 50 MVtni tashkil etdi va hozirgi paytda havo tarmoqlari ushbu yuklama bilan ishlamoqda.
«Da Afghanistan Breshna Sherkat»dan olingan tezkor ma'lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston hududidagi havo tarmog‘i tayanch ustunlari shikastlangan va ayni paytda afg‘onistonlik energetiklar tomonidan nosozliklarni barataraf etish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati