O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq “Energo-IT” filiali jamoasi joriy yilning 15-oktabr kuni Quyosh instituti, Hazrati Ali Buva Ziyoratgohi hamda So‘qoq o‘rmoniga sayohat uyushtirdi.
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostidagi sayohat va ziyorat tadbiriga Filialning mehnat faxriylari ham taklif etildi. “Energo-IT” filiali 46 nafar xodimlarining ichki turizm yo‘nalishidagi tadbiri Filial kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.
✍️ “Energo-IT” filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolari
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati