Avval xabar berganimizdek, Magistral elektr tarmoqlari filiallarining ma'muriy binolari tomiga quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Dastlabki quyosh panellari “O‘zbekiston MET” AJ Markaziy apparati ma'muriy binosining tom qismiga o‘rnatilgan edi.
⚡️ Bugun “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialining ma'muriy binosiga ham 30 kVt quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish ishlari yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 10 iyun kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 48-bayonida belgilangan topshiriqlarga muvofiq, "O‘ztexsanoat” uyushmasi o‘tkazilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘rgazmasidagi kelishuvlarga binoan, “O‘zbekiston MET” AJ Solar Nature korxonasi bilan 28 ta ob'ektga 500 kVt quvvatli quyosh paneli o‘rnatish bo‘yicha umumiy qiymati 5,0 mlrd. so‘mlik shartnoma imzolangan edi.
Ma'lumot o‘rnida: "SOLAR NATURE MCHJ” bilan kelishilgan shartnomaga asosan “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialining binosida 30 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatish ishlari to‘liq yakunlanib, yashil energiya hosil qilinishi boshlandi. O‘rnatilgan zamonaviy inventor ish rejimiga ko‘ra quyosh panellarida hosil bo‘lgan elektr energiyaning iste'moldan ortiqchasi shahar elektr tarmoqlariga uzatish imkoniyati mavjud.
Belgilangan tadbirga asosan Qashqadaryo (40 kVt) va Andijon MET (30 kVt) filiallarining binosida ham quyosh panellarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati