Yangiliklar
«Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda
  • 06.10.2022
  • 569

 «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialining 2022–2023-yil kuz-qish mavsumida elektr qurilmalarining barqaror ishlashini ta'minlash borasida amalga oshirgan ishlari sarhisobi.

 

Filial haqida

«Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tarkibida faoliyat yuritadi. Filial rahbariyati: direktor — R.Ibragimov; Bosh muhandis — S.Mamadaliev; PSX boshlig‘i — B.Negmatullaev.

«Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialida 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga elektr uskunalari, elektr uzatish liniyalari va bino-inshootlarni tayyorlash yuzasidan Filialning 165-sonli buyrug‘i asosida 23 banddan iborat chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan edi.

2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga elektr uskunalari, elektr uzatish liniyalarini tayyorlash bo‘yicha 2022-yilning fevral-sentyabr oylari mobaynida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Bajarilgan barcha ishlar bo‘yicha «O‘zenergoinspeksiya» Namangan viloyat hududiy bo‘limi inspektorlari ishtirokida texnik nazoratdan o‘tkazilgan va dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.

 “Sardor” podstansiyasidagi mukammal ta'mirlash rejasiga kiritilgan 8 dona havoli o‘chirgichlarni modernizatsiya dasturiga asosan elegaz o‘chirgichlarga almashtirish belgilangan edi.

 Filial tasaruffidagi barcha podstansiya va elektr uzatish havo liniyalarida mavjud elektr qurilmalarning kontakt hamda kisqichli qismlari qizishi holati bo‘yicha «teplovizor» nazorat qurilmasi orqali nazoratdan o‘tkazildi. Aniqlangan nuqson va kamchiliklar bartaraf etildi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ mablag‘lari hisobidan xarid qilingan zamonaviy LK-160/220-A-3 rusumdagi polimerli izolyatorlaridan 20 dona, PS-160D 692 dona va PSD-70e izolyatorlaridan 180 dona filial tasaruffidagi 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalarida o‘rnatilishi hisobiga, jismonan va ma'nan eskirgan PF hamda PS rusumdagi izolyatorlar almashtirildi, bu orqali liniyalarda elektr energiyasini o‘tkazishdagi mustahkamlik va ishonchlilik ko‘rsatkichlari oshirildi.

 

Podstansiyalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha 1-bosqichda ma'nan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviyga almashtirish bo‘yicha “Sardor” podstansiyasida 36 jamlanma ajratgichlar, 1307 dona PSD-70e turdagi izolyatorlar, 9 dona 110 kV, 12 dona 220 kV tok transformatorlari va 4 jamlanma 220 kVli, 20 jamlanma 110 kVli ma'nan va jismonan eskirgan havoli o‘chirgichlarni zamonaviy elegaz o‘chirgichlarga almashtirish ishlari bajarildi.

 

Joriy yilda Filial tasaruffidagi mavjud 22 dona maxsus avtotransport va mexanizmlarni ta'mirlash maqsadida 41,216 mln. so‘mlik ishlar bajarildi, 26 dona avtoshina va 5 dona akkumulyator bilan jihozlandi. 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi barcha maxsus transport vositalari va mexanizmlar shay holatga keltirildi.

Filial tasaruffidagi barcha bino-inshootlar texnik nazoratdan o‘tkazildi. Shuningdek, 220/110/10 kVli «Qizilravot» podstansiyasi boshqaruv pulti binosida mukammal ta'mirlash ishlari bajarildi.

 

Podstansiyalar xizmati, Releli himoya va elektr sinovlari xizmati, Elektr uzatish liniyalari xizmati hamda Avtotransport va mexanizatsiya guruhi xodimlari 2022–2023-yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha va avariyali holatlarda tezkor ta'mirlash-tiklash ishlarini bajarish bo‘yicha yo‘riqnomalardan o‘tkazildi.

 

Avariyani tiklash brigadalari tashkil etildi va ular zarur ehtiyot qismlar, transport va yoqilg‘i moylash mahsulotlari hamda himoya vositalari bilan ta'minlandi. Avariyani tiklash brigadalari ro‘yxati Sharqiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasiga taqdim etildi.

 
 
 

Kuz-qish mavsumida dispetcherlik va texnologik boshqaruvi hamda aloqa vositalarining uzluksiz ishlashini ta'minlash maqsadida texnik nazorat ishlari tashkil etildi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi barcha elektr qurilmalari, 2022–2023-yillar kuz-qish mavsumini talofatlarsiz o‘tkazish uchun shay holatga keltirildi.

✍️ Ravshan Ibragimov, «O‘zbekiston MET» AJ «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

 

✅ “Namangan MET” filialida avariya va yong‘inga qarshi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

 

«Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali  — “Xonatlas–2022” festivali doirasidagi tadbirlarda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati xotin-qizlari faol ishtirok etmoqda.

 

✅ «Namangan MET» filiali: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti

 

✅ "Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali: “Kasb mahorati” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

 

✅ "Namangan MET» filiali: Xavfsizlik texnikasi tadbirlari rejaga muvofiq o‘tkazildi

 

 ✅ 220/110/10 kV kuchlanishli “Qizilravot” podstansiyasida qo‘shimcha 150 MVA quvvat o‘tkazish imkoniyati yaratildi

 

✅  «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialida o‘tgan hisobot yilida elektr qurilma va tarmoqlarni soz hamda betalafot ishlashini ta'minlanib, modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari rejaga muvofiq amalga oshirildi — 14.02.2022

 

✅ “Namangan magistiral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi boshqarma, bo‘lim, xizmat va podstansiyalarda umumxalq hasharida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot

 

✅ “Namangan magistiral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi boshqarma, bo‘lim, xizmat va podstansiyalarda umumxalq hasharida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

 

✅ «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali: ma'muriy hamda elektr ob'ektlari chiqindilardan tozalanib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda hisobot

 

✅ 2021-yil sarhisobi. 18-sonli: «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialida o‘tgan hisobot yilida elektr qurilma va tarmoqlarni soz hamda betalafot ishlashini ta'minlanib, modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari rejaga muvofiq amalga oshirildi»

 

 ✅ 3-film — «Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumidan: «NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

 

 

E'TIBOR VA E'TIROF: Magistral elektr tarmoqlari filiallari rahbarlari tomonidan taqdim etilgan materiallar

 

 

https://t.me/namvilhok/83803

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>