Yangiliklar
«Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda
  • 05.10.2022
  • 612

“Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filialining 2022–2023-yil kuz-qish mavsumida elektr qurilmalarining barqaror ishlashini ta'minlash borasida amalga oshirgan ishlari sarhisobi.

 

 

    «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali 2022–2023-yil kuz-qish mavsumida o‘z tarkibidagi energetika ob'ektlarining barqaror ishlashini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirgan ishlarini «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining 2022 yil 15-avgustdagi 200-sonli va Filialning 118-buyrug‘i talablari asosida shakllantirgan edi.

  Buyruq asosida ishlarni tashkillashtirish yuzasidan tuzilgan «Ishchi guruh» barcha kuch va imkoniyatlar hamda ajratilgan sarmoyalarni hisob-kitob qilib, «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqdi. Filial bo‘yicha kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ana shu rejani bosqichma-bosqich bajarish, uning har bir bandi bo‘yicha zarur bo‘ladigan mablag‘, kerak bo‘ladigan ehtiyot qismlar, lozim bo‘lgan vaqt, zarur bo‘ladigan texnika, jalb etiladigan ishchi kuchini sarhisob qilib, mutaxassislar bilan muhokama qilib borildi.

 

 

Filial rahbarlari, xizmatlar, guruhlar boshliqlari hamda mutaxassislar bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni o‘rganib chiqish, ishni joyida tashkillashtirish, nazorat qilish va sifatli yakunlanishiga erishishni ta'minlash masalalariga mas'ul etib tayinlandilar, vaqti-vaqti bilan ularning axborotlari, talablari, hisobotlari eshitilib borildi.

 

 

    «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori va bosh muhandis huzurida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi, zarur ehtiyot va butlovchi qismlar ro‘yxati, ularni keltirish, asossiz ravishda ta'mirlash ishlarini kechiktirish, biriktirilgan shaxslarning mas'uliyatini yanada oshirish, o‘z vaqtida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning tegishli boshqarmalariga, bo‘limlariga axborotlar yuborish masalalari tinglanib, vaziyatni o‘nglash, tadbirlarni muddatida bajarish choralari ko‘rildi.

Bugungi kunga kelib rejalashtirilgan barcha ishlar to‘liq bajarilishiga erishildi.

 

 

 Jumladan:

 2022-yil uchun yillik mukammal ta'miri rejalashtirilgan:

    ·         1 dona 125 MVA avtotransformator;

    ·         1 dona 220 kV va 3 dona 110 kV kuchlanishli o‘chirgich;

    ·         105,15 km havo elektr uzatish tarmog‘i.

Rejadagi ta'mirlash ishlari to‘liq bajarildi va bajarilgan ishlar “O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy bo‘limi inspektori ishtirokida texnik nazoratdan o‘tkazilgan hamda tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.

“Jizzax MET” filiali tarkibidagi podstansiyalarda: 16 dona kuch transformatorlar; 71 dona o‘chirgichlar hamda 82 km uzunlikdagi havo elektr uzatish tarmoqlarda joriy ta'mirdan o‘tkazish rejalashtirilgan.  Rejalashtirilgan ishlar to‘liq bajarildi.

Shuningdek, 500 kVli L-521 40,92 km, 220 kVli L-Z-S 64,23 km uzunlikdagi havo elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta'mirlandi.

 

 

 

2022-yil 20-sentabrga qadar filialning “Havo tarmoqlari” xizmati tomonidan 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik jarayonida aniqlangan nuqsonlar bartaraf etildi.

Jumladan:

    - Elektr uzatish tarmoqlarining 3,8 km oraliqdagi muhofaza hududi daraxt va shox-shabbalardan tozalandi;

     - 220 kVli havo tarmoqlari ustunlarida qushlar ta'sirida o‘chishlarning oldini olish uchun 104 dona qushlarga qarshi to‘siqlar (PPZ) o‘rnatildi;

     - Joriy va mukammal tamirlash ishlari davomida 238 dona izolyatorlar almashtirildi.

Bundan tashqari, 220 kV kuchlanishli “Jizzax” podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida 110–220 kVli moyli o‘chirgichlar yangi zamonaviy elegazli o‘chirgichlarga almashtirildi.

 

 

 

 Filial ob'ektlarida barcha yong‘in o‘chirish anjomlarining foydalanish muddatlari, yaroqliligini tekshirib ko‘rib, zaruratga qarab ularni almashtirish, ta'mirlash ishlarini amalga oshirdilar. Shu yo‘nalishda yong‘inga qarshi gidrantlarni, binolarni isitish qurilmalarining ishchi holatini sinovdan o‘tkazdilar. Xizmat xonalarining isitish tizimidagi muammolar bartaraf etildi.

 

 

 Kuz-qish mavsumida filial tasarrufidagi ob'ektlarga o‘z vaqtida yetib borib xizmat ko‘rsatish uchun maxsus avtotransport va mexanizmlar shay holatga keltirilgan.

 Bir so‘z bilan aytganda, 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar muddatlarida to‘liq bajarildi.

   ✍️ G‘ayrat Ahmedov, “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>