Qiziqarli xabarlar
Vengriyadagi AES loyihasi qurilish litsenziyasini qo‘lga kiritdi
  • 29.08.2022
  • 287

Vengriya yadro boshqarmasi (OAN) «Paksh-2» AES hududida ikkita VVER-1200 «3+» avlod energobloklarini qurish uchun ruxsat berdi.

Yevropa Ittifoqi hududida ilk bora ushbu turdagi energiya bloklarini qurish uchun litsenziya berildi. Qurilish litsenziyasini olish yangi bloklarning Vengriya va yevropa xavfsizlik standartlariga muvofiqligini tasdiqlaydi.

AES loyihasida zamonaviy avtomatlashtirilgan faol va passiv AES xavfsizlik tizimlari, qo‘sh temir-beton qobiq va «erituvchi tuzoq» qo‘llaniladi. № 5 va № 6-sonli energiya bloklarining kafolatlangan xizmat muddat 60 yilni tashlkil etadi.

Hozirgi vaqtda qurilish maydonchasida AES qurishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda: tuproq mustahkamlanmoqda, suv o‘tkazmaydigan parda (SO‘P) qurishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shu bilan birgalikda, asosiy poydevorni qurish boshlangan va qurilish-montaj bazasi uchun ob'ektlar ham qurilmoqda.

#atomenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1605

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>