Yangiliklar
«Qoraqalpog‘iston MET» filiali: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot
  • 24.08.2022
  • 298

«O‘zbekiston MET» AJning 2022-yil 15-avgust kungi 200-sonli buyrug‘iga asosan «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filialining 260-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi. Filial tasarrufidagi barcha elektr uskunalarning barqaror ish faoliyatini ta'minlash uchun zarur bщlgan ish hajmi aniqlanib, 2022/2023-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Ushbu chora-tadbir yuzasidan quyidagi ishlar bajarildi:        

2022-yil mukammal ta'mirlash rejasiga asosan filial tasarrufidagi L-Beruniy-220 kV havo tarmog‘ining 1–127-tayanchlar oralig‘idagi 30,62 km qismini mukammal ta'mirlash ishlari to‘liq bajarilib, «O‘zenergoinspeksiya» hududiy bo‘limi tomonidan tegishli tartibda dalolatnoma orqali qabul qilindi.

Bundan tashqari, «Qoraqalpog‘iston MET» filiali tasarrufidagi 110-220 kV kuchlanishli havo tarmoqlari muhofaza zonalaridagi hududlardagi daraxt shoxlari kaltalanib kesildi.

«Qoraqalpog‘iston», «Beruniy» va «Texnologik» podstansiyalardagi elektr uskunalar hamda barcha 110–220 kV kuchlanishli havo tarmoqlaridagi ulanishlar teplovizor tekshiruvidan o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklar — qizish sabablari to‘liq bartaraf qilindi.

Filial tassarufidagi 110–220 kV kuchlanishli podstansiyalarda jami 24 dona o‘chirgichlar, 6 dona kuch transformatorlarida joriy ta'mirlash ishlari to‘liq bajarildi.

110–220 kV kuchlanishli podstansiyalarda rejaga asosan elektr qurilmalarning releli himoya va avtomatika uskunalari tekshirildi.

«Beruniy» podstansiyasida AT-1 va AT-2 avtotransformatorlarining releli himoya va avtomatika uskunalari zamonaviy mikroprotsessor terminalli panellarga almashtirib, qayta ishga tushirildi.

  «Qoraqalpog‘iston», «Beruniy» va «Texnologik» podstansiyalarning estetik holatini yaxshilash bo‘yicha bino-inshoot devorlari, bordyurlar, podstansiya to‘siqlari ohaklandi.

220 kV «Beruniy» podstansiyasining tashqi suv ta'minoti tizimini kurish loyihasi doirasida jami 1,7 km quvurlar tortilib, podstansiya ichimlik suvi bilan ta'minlandi.

 Sergey Umbetov, «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>