OAV va jamoatchilik bilan ishlash
daryo.uz — Sog‘liqni saqlash tizimiga bosim: O‘zbekistonda jazirama sabab elektr tarmog‘ida uzilishlar yuz bermoqda
  • 26.07.2022
  • 254

O‘zbekistonda so‘nggi 10 kun ichida kuzatilgan issiq ob-havo vaqti-vaqti bilan elektr energiyasining uzilishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Eurasianet xabar bermoqda.

 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

 

Davlat energetika kompaniyasi konditsioner va sovitkichlardan foydalanish ortib borayotgan sharoitda uy va sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlashga harakat qilmoqda.

Bu mamlakatda yoz boshidan beri kuzatilgan haroratning ikkinchi keskin ko‘tarilishi — ba’zi hududlarda harorat Selsiy bo‘yicha qirqdan yuqori bo‘lgan.

Doimiy issiqlik darajasi asosan ochiq quyosh ostida joylashgan elektr uzatish tarmoqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Toshkent metropolitenining ikki yo‘nalishida poyezdlar tarmog‘idagi yukni yengillashtirish maqsadida poyezdlar harakati sekinlashdi.

May oyida e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi besh yil ichida 61 mlrd kilovatt soatdan 72 mlrd kilovatt soatgacha oshgan.

Shunga qaramay, 2021-yilda ishlab chiqarilgan elektr quvvati talabdan 2-3 mlrd kilovatt soatga kam bo‘ldi.

Joriy yil boshida Energetika vazirligi umumiy quvvati qariyb 1 500 megavatt bo‘lgan yettita yangi elektr stansiyasi ishga tushirilayotganini ma’lum qildi. Bunday inshootlardan biri quyosh energiyasi generatori bo‘ladi.

Aholining issiqlik bilan kurashi sog‘liqni saqlash tizimiga ham bosim o‘tkazdi. Eng yomon jazirama boshlangan 17-20 iyulda tez yordam xizmatiga 130 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. 4 200 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Hozir ham mamlakat janubidagi ayrim hududlarda havo harorati Selsiy bo‘yicha 45 darajagacha ko‘tarilmoqda.

Manba: https://daryo.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>