OAV va jamoatchilik bilan ishlash
minenergy.uz — Jahon banki ko‘magida O‘zbekiston elektr ta'minoti tizimi modernizatsiya qilinadi
  • 16.07.2022
  • 411

2022-yil 15-iyul kuni Toshkent shahrida “Elektr energetika sohasini transformatsiya qilish va elektr energiyasini barqaror uzatish” loyihasining rasmiy tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Loyiha Jahon banki ko‘magida amalga oshiriladi.

Loyiha O‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilishga, jumladan, 22 ta eskirgan yuqori kuchlanishli podstansiyalarni rekonstruksiya qilish va kengaytirishga ko‘maklashadi, bu esa ularning quvvatini 912 MVtga yetkazadi, shuningdek, 11 ta hududda yangi 500 kVli podstansiya va elektr uzatish tarmoqlarini qurishga xizmat qiladi.

 
 

Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev ta'kidlaganidek, Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihaning ikkinchi qismi boshlandi. Modernizatsiya qilish orqali mavjud podstansiyalar quvvati 912 MVt gacha oshiriladi va yangi 500 kVli raqamli podstansiya quriladi. Bundan tashqari, loyiha Sirdaryo IESning ishlab chiqarish quvvatlaridan Toshkentgacha poytaxtning elektr energiya iste'molchilari va sanoat quvvatlari uchun 220 va 500 kV tarmoqlarini qurishni o‘z ichiga oladi.

“Ushbu loyihaning muxim strategik tarkibiy qismi SCADA va yeMS tizimini amalga oshirish xisoblanadi, bu esa energiya tizimida dispetcherlik va monitoring qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJni kelajakda transformatsiyalash uchun Enterprise Recourse Planning (ERP) tizimini joriy yetish rejalashtirilgan”,dedi energetika vaziri o‘rinbosari.

 
 

Loyihani amalga oshirish uchun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (Jahon banki guruhi) tomonidan 380 million AQSh dollari, Yashil iqlim jamg‘armasi tomonidan esa 43 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratilmoqda. Ushbu moliyalashtirish O‘zbekiston hukumatiga eng past foiz stavkalari bo‘yicha va maksimal muddati 40 yilgacha taqdim etiladi.

O‘zbekistonda elektr energiyasiga bo‘lgan talab 2018-yildagi 61 mlrd kilovatt-soatdan 2030-yilga borib 110 mlrd kilovatt-soatgacha oshishi kutilmoqda. Tarmoqni modernizatsiya qilish masalasi O‘zbekiston aholisi va iqtisodiyotini energiya resurslari bilan ta'minlash uchun muhim ahamiyatga ega. . Hozirda mamlakatda 270 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish va taqsimlash tarmoqlari mavjud bo‘lib, ularning asosiy qismi modernizatsiya va angilanishi kerak.

 

 
 

“Ushbu yangi loyiha 32 millionga yaqin iste'molchini ishonchli elektr energiyasi bilan ta'minlashga yordam beradi va qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli yangi loyihalarni elektr tarmoqlariga ulash imkonini beradi”,dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.

 
 
 
 

“Loyiha doirasida shuningdek elektr uzatish tizimini monitoring qilish, boshqarish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy raqamli va telekommunikatsiya texnologiyalari va yechimlari joriy etiladi. Ular dispetcherlik nazorati va ma'lumotlarni yig‘ish bo‘yicha yangi mexnik-dasturiy kompleks (SCADA), shuningdek, “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ markaziy va hududiy dispetcherlik markazlari uchun elektr energiyasini boshqarish tizimini (EMS) yaratishni o‘z ichiga oladi.

Kompaniyaning elektr energetika sohasidagi strategik rolini hisobga olgan holda, loyiha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning operatsion, moliyaviy va tijorat jarayonlarini rivojlantirish va raqamlashtirish, shuningdek, institutsional salohiyatini mustahkamlash orqali uni zamonaviy kompaniyaga aylantirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Loyiha faoliyatni rejalashtirish jarayonlarini takomillashtirish, korporativ boshqaruv va qarorlar qabul qilish, shuningdek, axobrot almashinuvi va boshqaruvda kiberxavfsizlikni ta'minlovchi tizimni o‘z ichiga oladi”.dedi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Feruz Qurbonov.

 

 
 

 
 

Loyiha, shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning operatsion, moliyaviy va tijorat jarayonlarini rivojlantirish va raqamlashtirish, shuningdek, institutsional salohiyatini mustahkamlash orqali uni zamonaviy kompaniyaga aylantirishga yordam beradi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/2057

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>