Yangiliklar
uzbekistonmet.uz: Axborot xizmatining 2022-yil 2-chorak hisoboti
  • 30.06.2022
  • 457

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati 2022-yil 2-chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan  tasdiqlangan media rejaga muvofiq faoliyat yuritganini ma'lum qiladi.

Batafsil ma'lumotlar va ularning havolalari hisobot manti oxiriga ilova qilingan pdf formatidagi jadvallar orqali taqdim etiladi.

Ma'lumot o‘rnida:

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali Jamiyat faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlashga qaratilgan tahliliy maqola, rasmiy bayonot, o‘tkazilgan matbuot anjumanlari va brifinglarda so‘ralgan savollarga javoblar, xabar va ma'lumotlarni hisobot jadvali shaklidagi ilovalar orqali OAV hamda keng jamoatchilik e'tiboriga havola etib borilmoqda.

Shuningdek, «O‘zbekiston MET» AJning YAGONA TELEFON 71/236-6035 (matbuot kotibi), bundan tashqari, ISHONCH RAQAMI, ya'ni fuqarolar murojaati uchun maxsus telefon raqami +998 71-208-5646 hamda DEVONXONA (kanselyariya) 71/ 236-6226 raqamlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2021-yilda Call sentry raqami +998 (55) 500-5545 raqami ishga tushirildi va uning ish faoliyati uzbekistonmet.uz veb-sayti bilan integratsiyalashtirildi.

Jamiyatning veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda e'lon qilib borilmoqda.

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

 

Bundan tashqari, uzbekistonmet.uz veb-saytida bo‘sh ish o‘rinlariga salohiyatli kadrlarni jalb qilish hamda ishga qabul qilish jarayonini shaffofligini ta'minlash maqsadida “Onlayn rezyume” va “Onlayn maslahatchi” elektron dasturlari joriy qilingan.

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume

 

Aksiyadorlik  jamiyat rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili kirill va o‘zbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 9 ta rukn, 47 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi hududiy filiallar haqida batafsil ma'lumotlar joylashtirilgan infografika ma'lumotnomasi mavjud.

Magistral elektr tarmoqlari filiallari haqidagi ma'lumotlar (filial manzili, asosiy ish faoliyati, bog‘lanish uchun telefon raqamlari, filial rahbarining ism-sharifi) xarita shaklidagi infografikaga joylashtirilgan.

Ayni paytda veb-saytga joylashtirilgan ma'lumotlar soni 2500 dan ortiq bo‘lib, keng jamoatchilik uchun ochiq. Veb-saytda mobil qurilmalar uchun soddalashtirilgan dizayn versiyasi, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ularga tezkor munosabat bildirish, tashriflar statistikasini o‘rganish va nazorat qilish, veb-sayt bo‘yicha izlash imkonini beruvchi funksiyalar mavjud. 

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Axborot xizmati tomonidan Ochiq ma'lumotlar portaliga Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga taalluqli ma'lumotlarni joylashtirish amaliyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-sonli qarorining tegishli bandlariga muvofiq 2019-yil oktyabr oyidan boshlab amalga oshirilmoqda. 2021-yil 15-iyul sanasidan boshlab Ochiq ma'lumotlar portaliga Farmonda belgilab berilgan tartibdagi ma'lumotlar yuklanib, hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etilmoqda.

Misol uchun, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati haqidagi: umumiy ma'lumotlar (nomi, manzili, asosiy ish vazifasi, podstansiyalar soni va magistral elektr tarmoqlarining uzunligi, filial va tarkibiy tuzilmalar, ish tartibi, rahbariyat tarkibi va ularning qabul kunlari, filial hamda tarkibiy bo‘linmalar haqida batafsil ma'lumotlar, ish telefon va pochta manzillari, aholi va jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha yagona va ishonch telefon raqamlari, veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari); asosiy ko‘rsatkichlar (statistik ma'lumotlar, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining miqdori /jami generatsiya/, elektr energiyasi transportirovkasi, elektr energiyasi importi va eksport hajmi); qo‘shimcha ko‘rsatkichlar (bo‘sh ish o‘rinlari, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari va statistikasi, mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni https://cooperation.uz va https://exarid.uzex.uz portali orqali amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar, mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari, davlat organlari va tashkilotlari tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalarining soni) https://data.gov.uz portaliga yuklanmoqda.

Shuningdek, Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-saytiga:

10 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari ohttp://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/30

31 ta Prezident Qarorlari http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/31

19 ta Prezident Farmonlari http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/32

19 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/33

9 ta Normativ hujjatlar  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/34 

2 ta Xalqaro hujjatlar http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/18 

joylashtirilgan.

Shu bilan birga, muhokamadagi qaror loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar berilgan bo‘lib, uzbekistonmet.uz veb-saytining «Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda», «Yangiliklar», «OAV va jamoatchilik bilan ishlash», «Investitsiya salohiyati», «Tenderlar», «Bo‘sh ish o‘rinlari», «Murojaatlar», «Aksiyadorlar uchun», «Asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari», «Tashqi qarz», «Biz bilan bog‘lanish», «Qiziqarli xabarlar», «Yoshlar siyosati», «Kasaba uyushmasi», «Xotin-qizlar», «Xalq qabulxonasi»,  «Korrupsiyaga qarshi kurash» kabi ruknlari tegishli tartibda yangilanib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qaroriga asosan, Jamiyat boshqaruv raisining 2019-yil 3-iyuldagi 29-sonli buyrug‘iga binoan «O‘zbekiston MET» AJ tarkibida Axborot xizmati tashkil etilgan.

Axborot xizmati rahbari lavozimiga Urunov Ulug‘bek Pulatovich tayinlangan (66/k-sonli buyruq, 23.08.2019-yil). Matbuot kotibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan (10.12.2019) attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida 000010-sonli guvohnoma olgan.

PQ-4366-son qarorga muvofiq matbuot kotibiga maslahatchi maqomi berilgan bo‘lib, transport, tibbiy va ish haqi shartlariga ko‘ra boshqaruv raisi o‘rinbosariga tenglashtirilgan.

«O‘zbekiston MET» AJning rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, Utube, Youtube) sahifalari barqaror faoliyat yuritmoqda.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>