Yangiliklar
BIZ MUSTAHKAM OILAMIZ!
  • 31.05.2022
  • 472

O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2022-yil 11-martdagi 6-12 “s” qaroriga asosan, shuningdek, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab “Qoraqalpog‘iston MET” filiali kasaba uyushmasi tashabbusi bilan, “Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari” filiali yosh xodimlar o‘rtasida “Sport — mustahkam oilamiz poydevori” nomli spartakiada musobaqalari o‘tkazildi.

 

Maqsad oddiy — filialda faoliyat ko‘rsatayotgan yosh xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, energetiklar va ularning oila a'zolarini sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali xodimlarga salomatligini tiklashga ko‘maklashish, sportning ommaviy turlarini targ‘ib etish, yosh xodimlarni turli kasb kasalliklaridan sport va sog‘lom turmush tarzi asoslari orqali muhofaza qilishga qaratilgan.

O‘tkazilgan sport musobaqalarida har bir jamoa tarkibi 3 nafar kishini tashkil etdi. Shunda oila jamoasi tarkibida ota, ona va 8-12 yoshgacha bo‘lgan farzanddan iborat bo‘ldi.

Oilaviy sport musobaqasida filialimizning quyidagi ishchi-xodimlari  va ularning oila a'zolari ishtirok etishdi: Artiqovlar, Abdullaevlar, Koshanovlar, Orazimbetov hamda Niyazimbetovlar oilalari.

“Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari” filiali ishchi-xodimlari va ularning oila a'zolari sport musobaqalarida o‘zlarining mustahkam oila vakili ekanliklarini yaqqol namoyon etishdi.

“Sport – mustahkam oilamiz poydevori” shiori ostida o‘tkazilgan oilaviy sport musobaqalarini o‘tkazish shartlari quyidagicha bo‘ldi:

1. Yugurish, akrobatika elementlari va to‘pni nishonga otish;
2. “Chaqqonlik va merganlik” estafetasi;
3. “Qaddimizni rostlaymiz, sakrashni boplaymiz” sport o‘yini;
4. Arqon tortish bahsi.
 

Musobaqalarni o‘tkazish tartibini bosh hakam ishtirokchi jamoalar soniga qarab belgiladi va g‘oliblarni e'lon qildilar. Musobaqalar yakuniga ko‘ra natijalar qo‘yidagicha bo‘ldi:

Abdullaevlar oilasi — 1-o‘rin;

Niyazimbetovlar oilasi — 2-o‘rin;

Koshanovlar oilasi — 3-o‘rin.

 

Musobaqa ishtirokchilari qo‘yidagi qo‘shimcha nominatsiyalari bo‘yicha ham taqdirlandi:

Artiqovlar oilasi — “G‘alabaga bo‘lgan intilishi yuksak oila” nominatsiyasi;

Orazimbetovlar oilasi — “Eng ahil oila” nominatsiyasi.

 Musobaqada 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan jamoalar hamda nominatsiya sovrindorlari tegishli darajadagi diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

✍️ Navro‘z Dao‘letbayev, “Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari” filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>