Nazirov Abdumalik Abdusalimovich “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shu paytga qadar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat faoliyati yuritib kelgan Xoliq Boboyorovich Elmurodov sog‘ligi tufayli ma'lum muddat davolanishga — mehnat ta'tiliga chiqdi va boshqa lavozimga o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, A.Nazirov bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Elektr tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Ilgariroq esa Abdumalik Abdusalimovich “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi lavozimida ishlagan.
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati