Yangiliklar
“Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali: Turkmaniston Respublikasi hududidagi yuqori kuchlanishli podstansiyalarda ma'muriy, ta'mirlash-sozlash hamda obodonchilik ishlari olib borildi
  • 05.04.2022
  • 431

“Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi «Talimarjon» podstansiyalar guruhining 220 kV kuchlanishli «NS-1», «NS-2», «NS-3», «NS-4», «NS-5» va «NS-6» podstansiyalarida joriy yilning fevral-mart oylarida bajarilgan ishlari yuzasidan hisobot ma'lumotnomasi.

 

«Talimarjon» podstansiyalari guruhi xodimlari tarkibida jami 95 nafar xodim mehnat faoliyati yuritadi, ulardan 35 nafari Turkmaniston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi.

220 kV kuchlanishli «NS-1», «NS-2», «NS-3», «NS-4», «NS-5» va «NS-6» podstansiyalari 1972-yillarda ekspluatatsiyaga kiritilgan bo‘lib, podstansiyalardagi elektr uskuna va qurilmalarining aksariyati hozirgi kunda ma'nan hamda jismonan eskirgan hisoblanadi.

2022-yil 7-fevral sanasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati videoselektor yig‘ilishi XB–7-sonli bayonining 13-bandi belgilangan topshiriqlarni (topshiriqnomada “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali rahbari xizmat safari bilan Turkmaniston Respublikasida bo‘lib qaytishi belgilangan) samarali hamda o‘z vaqtida bajarish maqsadida, 2022-yilning 11-fevral sanasidan 13 mart sanasigacha Turkmaniston Respublikasi hududida joylashgan «NS-1–6» podstansiyalari ish yuritish hamda rahbariy hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirish, shuningdek, podstansiyalar hududi estetik holatini yaxshilash ishlari amalga oshirildi.

 

Jumladan:

Bir oy davomida «NS-1–6» podstansiyalarida eskirgan eshik-romlarni almashtirish uchun demontaj ishlari bajarilib, yangi turdagi metall-plastik qoplamali “Akfa” eshik-romlarga almashtirish ishlari to‘liq bajarildi. Jami «NS-1», «NS-2», «NS-3», «NS-4», «NS-5» va «NS-6» podstansiyalarida 107 dona eshik-romlar almashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashil makom” umummilliy loyihasi ijrosini ta'minlash, podstansiyalarning ichki va tashqi maydonlaridagi maydonlarni ko‘kalamzorlashtirish bajarish maqsadida 220 kVli «NS-1–6» podstansiyalarida obodonlashtirish ishlari olib borildi hamda 1000 (ming) dona archa ko‘chatlari ekildi.

 

 

 

Olib kelingan 8 tonna sement podstansiyalarga tarqatildi va har bir podstansiyaga bittadan «ZIL» avtoulovida qum olib borib to‘kildi. Podstansiyalarda qum-ohakli suvoq (shtukaturka) ishlari tugatildi.

220 kV kuchlanishli 7 ta elektr uzatish tarmoqlari filial ishchi-xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi hamda ularni raqamlash (numeratsiyalash) ishlari olib borildi.

2022-yil tasdiqlangan mukammal ta'mir rejasiga asosan fevral oyining oxirgi dekadasida L-NS-3-2 liniyasida (26,2 km) mukammal ta'mirlash ishlari to‘liq bajarilgan. Shuningdek, 6 ta podstansiyalarning barchasida aloqa vositalari tekshiruvdan o‘tkazildi hamda aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi.

Bundan tashqari, texnik hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish holatini yaxshilash borasida tayyorlangan yangi jurnal va papkalar yuritilishi bo‘yicha zurur ishlar olib borildi. Ro‘yxat bo‘yicha tasdiqlangan hujjatlarga maxsus joy ajratilib, kartoteka raqamlari taqsimlandi. Barcha jurnal va papkalar yangilandi hamda navbatchi dispetcherlarga jurnal yuritilishi bo‘yicha tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.

Umuman olganda, xodimlar bilan ishlash, mutaxassislarning bilim-saviyasini o‘rganish, malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbir ishlab chiqildi va podstansiya hamda liniya xodimlari bilan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, sel-toshqin mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan tezkor va ta'mirlovchi xodimlarga navbatdan tashqari yo‘riqnoma hamda tezkor xodimlar o‘rtasida avariyaga qarshi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

 

 

 

2022-yil tasdiqlangan mukammal ta'mir rejasiga asosan 2022-yil 12-fevralda «NS-3» podstansiyasida mukammal ta'mirga T-1 transformatori chiqarildi va sinov ishlari bajarildi. Moyni to‘kish, «kolokol»ni ko‘tarish va presslash ishlari olib borildi. 10 kV kuchlanishli yopiq taqsimlovchi qurilmaning elektr jihozlari mukammal ta'mirlandi. Transformatorning rezina qoplamalarini almashtirish ishlari olib borildi. «Kolokol» joyiga o‘rnatildi va transformatorda vakuumirovka, degazatsiya qurilmasi orqali moy quyish ishlari, qo‘shimcha qurilmalarni o‘rnatish ishlari tugatildi. Bundan tashqari, moy nasoslari navbatdan tashqari nazoratdan o‘tkazildi. Transformator joriy yilning 19-mart sanasida foydalanish uchun (ekspluatatsiya) tarmoqqa ulandi.

«NS-4» podstansiyasidagi T-2 transformatori 1975 yil ekspluatatsiyaga kiritilgan bo‘lib, hozirgi kunda ma'nan va jismonan eskirgan. T-2 transformator moyi tahlili, izolyasiya o‘lchamlari me'yordan past bo‘lganligi sababli "O‘zbekiston MET" AJning 2022-yil 23-martdagi XB-103-sonli ko‘rsatmasiga asosan 41 (qirq bir) tonna transformator moyini to‘liq almashtirish ishlari bajarilmoqda.

        Ma'lumot o‘rnida: «Qashqadaryo MET» filiali tarkibiga kiruvchi «Talimarjon» podstansiyalari va havo liniyalari guruhi (Turkmaniston Respublikasi hududida joylashgan 363,7 km elekr uzatish havo liniyalari orqali) bir nechta nasos stansiyalari hamda Qarshi magistral kanalining nasos stansiyalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlaydi.

Hozirgi kunda 220 kVli «NS-1», «NS-2», «NS-3», «NS-4», «NS-5» va «NS-6» podstansiyalari ma'muriy hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishi hamda podstansiyalar hududini estetik holatini yaxshilash ishlari davom ettirilmoqda.

  ✍️ Sherzod Xoliyorov, “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori


E'tiboringizga “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari tomonidan Axborot xizmati "Infografika" studiyasiga taqdim etilgan "Eski holati va Yangi holati" uslubidagi fotosuratlar jamlanmasini taqdim etamiz: 

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>