Yangiliklar
Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyliklari yakuni: «ENERGO-IT» filiali tarkibiy bo‘linmalar bo‘yicha I o‘rin sohibi
  • 02.03.2022
  • 405

Avval xabar berganimizdek, xavfsiz ish sharoitlarini ta'minlash va turli jarohatlanishlarning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida, “O‘zbekiston MET” AJning 2021-yil 14-iyundagi 186-sonli buyrug‘iga asosan, 2021-yil 1-iyuldan 1-avgustgacha Aksiyadorlik jamiyatining barcha filial va tarkibiy bo‘linmalarida xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyliklari o‘tkazilgan edi.

2021-yilda ko‘rik tadbirlari Axborot xizmati tomonidan keng yoritib borilgan edi. Misol uchun, ishlab chiqarish xodimlar bilan xavfsizlik texnikasi qoidalariga asosan ishlarni tashkil etish, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish, podstansiyalarda avariyaga qarshi mashg‘ulotlar shular jumlasidan.

Hay'at a'zolarining qaroriga asosan, ko‘rik yakuni bo‘yicha, tarkibiy bo‘linmalar ichida I o‘ringa «ENERGO-IT» filiali munosib deb topilib, g‘olib filial jamoasi 5,0 mln. so‘m mukofot puli bilan rag‘batlantirildi.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>