O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi PQ–4249-sonli “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “O‘zbekiston MET” AJ hamda uning tarkibidagi “Navoiy MET” filiali tashkil etilgan.
Aksiyadorlik jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi konunchiligi va Nizom asosida olib boradi va uning asosiy faoliyatining quyidagilardan iborat:
· “O‘zbekiston MET” AJ nomidan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, shu jumladan xususiy kapital ishtirokidagi korxonalaridan elektr energiyasini qabul qilib, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari (“HETK”AJ)ga uzatishni, shuningdek boshqa davlatlarning elektr energetikasi tizimlari, magistral elektr tarmoqlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
· Magistral elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasini xavfsiz uzatishni ta'minlash;
· O‘zining elektr tarmoqlari xo‘jaligi ob'ektlarida davlat standartlarida belgilangan elektr energiyasiningsifat ko‘rsatkichlarini me'yorida ushlab turish va texnologik sarfini me'yorlangan ko‘rsatkichidan oshishiga yo‘l qo‘ymaslik.
· Elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga muvofiq o‘zining elektr tarmoqlari xo‘jaligi ob'ektlarini ekspluatatsiya ishlarini tashkil qilish va ta'mirlashni bajarish;
· Xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi, tabiatni muhofaza qilish qoidalari va sanitariya normalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining amaldagi normativ hujjatlariga rioya qilgan holda elektr tarmoqlari, uskunalari, qurilmalari, bino-inshootlari, mashina-mexanizmlar, aloqa vositalari va boshqa texnika uskunalari ekspluatatsiya qilinishini amalga oshirish.
· Elektr uskunalarini, havo liniyalarini, bino va inshootlarni joriy va mukammal ta'mirlash, kapital qurilish, uskunalarni rekonstruksiya qilish va moderinizatsiyalash, texnik qayta jihozlash, ob'ektlarni kengaytirish va yangilarini ishga kiritishni rejalashtirish va ijrosini ta'minlash.
· Yagona elektr energetikasi tizimida elektr energiyasi va quvvat tanqisligi yuzaga kelgan holatlarda, elektr stansiyalar va elektr tarmoqlar uskunalarining yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan sharoitlarida ishlashini oldini olish maqsadida, “O‘zbekiston MET” AJ tarkibidagi Milliy dispetcherlik markazi (Tizim operatori) topshirig‘ini bajarish.
· Magistral elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasini uzatishdagi texnologik sarflarni kamaytirish bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlarni ishlab chiqarish va amalga oshirish.
· Elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha texnik hujjatlarni, loyiha-smeta hujjatlarini, reja-grafiklarni yuritish, arxivlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.
· Xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqarish va ijrosini ta'minlash.
· Texnologik buzilishlarni, baxtsiz hodisalarni va yong‘inlarni aniqlash va hisobga olish hamda ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda bajarilishini ta'minlash.
· Elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish.
“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufida 9 ta 220 kV kuchlanishli podstansiyalar hamda jami 32 ta 1498,51 km uzunlikdagi 35–110–220 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari mavjud. Ya'ni, 2 ta 18,69 km 35 kVli, 3 ta 18,4 km 110 kVli hamda 27 ta 1461,42 km uzunlikka ega 220 kVli havo tarmoqlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 16-avgustdagi PQ–2024-sonli qaroriga asosan “Navoiy IES” AJ–“Ximiya” podstansiyasi oralig‘ida yangi 220 kV havo tarmog‘i qurilishida 85 dona temir konstruksiyali tayanchlar o‘rnatildi va 24,35 km dan iborat havo tarmog‘i qurildi. Yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i ayni paytda foydalanishga topshirishga tayyor.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-noyabrdagi PQ-2264-sonli qaroriga asosan 220/110/10 kVli “Ximiya” podstansiyasida elektr energiya yetkazib berish samaradorligi oshirish maqsadida, quvvati 200 MVA ga ega bo‘lgan AT-3 avtotransformatori o‘rnatilib, ishga tushirildi. Bundan tashqari, 220/110/10 kVli “Navoiy NS” podstansiyasida 3 dona 110 kVli moyli o‘chirgichlar zamonaviy elegazli o‘chirgichlarga almashtirilib ishga tushirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4937-sonli qaroriga asosan “Navoiy MET” filiali Zarafshon hududi “Gornaya” podstansiyasi 220/35/6 kV da elektr energiya yetkazib berish samaradorligi oshirish maqsadida, quvvati 20 mVA bo‘lgan T-1 transformatorini quvvvati 63 mVA ga ega atransformatorga almashtirilib ishga tushirildi.
2021-yil davomida 4 ta 220 kVli L-Z-V-3, L-17-Buxoro-1, L-Z-F, L-B-G havo tarmoqlari mukammal ta'mirlandi.
L-Z-V-3
L-Z-V-3 havo tarmog‘ida PF-4,5 tipdagi izolyator o‘rniga LK-70/220-7 tipdagi va PSD-70e tipdagi izolyatorlarga almashtirildi.
L-B-G
220 kVli L-B-G havo tarmog‘ini 2021-yil sentyabr oyida to‘liq ta'mirlash ishlari bajarilgan. L-B-G havo tarmog‘ining umumiy uzunligi 43,5 kmni tashkil qiladi. To‘liq ta'mirlash vaqtida elektr uzatish havo liniyalari xizmati ishchi-xodimlari PSV-120 turdagi izolyatorlar o‘rniga PSD-70e turdagi izolyatorlarga almashtirish ishlari bajarildi. Bundan tashqari, tayanchlarning korroziyaga qarshi qoplamalarning holatini tekshirish (20 dona tayanch ustunlari), tayanch fundamentlarining holatini tekshirish (100 dona tayanch), trassani tozalash va texnologik yo‘llarni tekislash (5 km) va boshqa bir qancha ishlar amalga oshirildi.
L-Z-F
220 kVli L-Z-F havo tarmog‘ini 2021 yil aprel oyida to‘liq ta'mirlash ishlari bajarilgan. L-Z-F havo tarmog‘ining umumiy uzunligi 89,194 kmni tashkil qiladi. To‘liq ta'mirlash vaqtida elektr uzatish havo liniyalari xizmati ishchi-xodimlari PF-4,5 turdagi izolyatorlar o‘rniga zamonaviy LK-70/220 turdagi izolyatorlarga almashtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, izolyatorlarga U2-7-16 turdagi “quloqcha”lar (150 dona) almashtirildi. Tayanchlarni raqamlarini va dispetcherlik nomlari yangilandi, kontur zazemleniyalari o‘lchandi va chaqmoqdan himoyalovchi tross ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, tayanchlarning karroziyaga qarshi qoplamalarning holatini tekshirish (20 dona tayanch), tayanch fundamentlaring holatini tekshirish (100 dona tayanch), trassani tozalash va texnologik yo‘llarni tekislash (5 km) va boshqa bir qancha ishlar amalga oshirildi. Qilingan ishlar bo‘yicha fotosuratlar quyida keltirilgan.
L-Z-V-3
220 kVli L-Z-V-3 havo tarmog‘ini 2021-yil mart-aprel oyida to‘liq ta'mirlash ishlari bajarilgan. L-Z-V-3 havo tarmog‘ining umumiy uzunligi 104,1 kmni tashkil qiladi. To‘liq ta'mirlash vaqtida elektr uzatish havo liniyalari xizmati ishchi-xodimlari NS-2 va PSD-70e turdagi izolyatorlar o‘rniga zamonaviy LK-70/220 va PSD-70e turdagi izolyatorlarni o‘rnatishdi. Ayrim tayanchlarda ma'nan eskirgan PR-3,5 turdagi farfor izolyatorlar o‘rniga LK-70/220 turdagi izolyator o‘rnatildi. Tayanchlarni raqamlarini va dispetcherlik nomlari yangilandi, kontur zazemleniyalari o‘lchandi va chaqmoqdan himoyalovchi tross ko‘rikdan o‘tkazildi. Jami 30 ta 1000 dona PSD-70e va 25 dona L-K-70/220 turdagi izolyatorlar o‘rnatildi.
L-17-Buxoro-1
220 kVli L-17-Buxoro-1 havo tarmog‘ini 2021-yil may oyida to‘liq ta'mirlash ishlari bajarilgan. L-17-Buxoro-1 havo tarmog‘ining umumiy uzunligi 67,57 kmni tashkil etgan bo‘lib, hozirgi kunda Karmana tumani Hazora QFY da yangi qurilgan 100 MVt quvvatga ega bo‘lgan FES (foto elektr stansiyasi) qurilib, L-17-Buxoro havo tarmog‘i kirish-chiqish ishlari amalga oshirildi, hamda L-17-Buxoro-1 havo tarmog‘ining nomi L-17-K (27,24 km) va L-Karmana (42,29 km) HT nomlari bilan o‘zgartirildi. To‘liq ta'mirlash vaqtida elektr uzatish havo liniyalari xizmati ishchi-xodimlari FES kirish chiqish ishlarida umumiy miqdorda 4 ta U220-2+14 tipdagi anker tayanchlar o‘rnatildi. Tayanchlarni raqamlarini va despecherlik nomlari yangilandi, kontur zazemleniyalari o‘lchandi va chaqmoqdan himoyalovchi tross ko‘rikdan o‘tkazildi.
"Yashil makon" umummilliy loyihasi
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Navoiy, Zarafshon va Uchquduq hududlardagi elektr uzatish havo liniyalari xizmati ishchi-xodimlari o‘z hissasini qo‘shib, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan 2022-yilda tasdiqlangan rejaga asosan ekspluatatsiya, ta'mirlash-sozlash, modernizatsiya-rekonstruksiya va qurilish-montaj (pudratchi tashkilotlar yordamida) ishlari davom ettiriladi.
✍️ Bayonqul Hasanov, «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati