Yangiliklar
2021-yil sarhisobi. 19-sonli: «Strategik rivojlantirish va standartlashtirish boshqarmasi: 2021-yilda boshqarma tomonidan bajarilgan ishlar to‘rtta yo‘nalishda sarhisob qilindi»
  • 14.02.2022
  • 660

2021-yilda Strategik rivojlantirish va standartlashtirish boshqarmasi tomonidan bajarilgan ishlar to‘rtta yo‘nalishda sarhisob qilindi: 1) O‘n yillik “boshreja”si; 2) 220–500 kVli magistral tarmog‘ining 2030-yilgacha bo‘lgan istiqbolini hisobga olgan holda yagona energetika tizimining 2025-yilgacha bo‘lgan davrdagi rivojlanish sxemasi ishlab chiqish; 3) Elektr energetika sohasida yangi qurilish norma-qoidalari va standartlarini ishlab chiqilishini hamda qabul qilinishini muvofiqlashtirish; 4) O‘zbekiston Respublikasi energotizimidagi barcha magistral elektr tarmoqlarining raqamli modelini va interaktiv xaritasini yaratish.

 

I. “Elektr enegiyasini uzatish tizimini rivojlantirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan integratsiyalash rejasini ishlab chiqish” (Boshreja — “Masterplan” 10 yillik) loyihasini amalga oshirish yuzasidan ma'lumot

Jahon banki ishtirokida Elektr tarmoqlarini, shu jumladan yuqori kuchlanishli elektr tarmoq liniyalarini rivojlantirishning uzoq muddatli (10 yillik) dasturini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro tanlov e'lon qilinib, ishtirokchilardan kelib tushgan texnik hamda moliyaviy takliflar o‘rnatilgan tartibda baholandi. Baholash natijalari xarid komissiyasi hamda Jahon banki bilan kelishildi. G‘olib kompaniya MRC CONSULTANTS AND TRANSACTION ADVISERS S.L. (MRC Spain) bilan shartnomaoldi muzokaralari olib borildi hamda 2021-yil 1-aprel kuni shartnoma imzolandi.

Hozirgi kunda Milliy dispetcherlik markazida Jamiyat mutaxassislari ishtirokida “MRC” kompaniyasi konsultantlari bilan loyiha doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini yagona energetika tizimiga ulanganda ularning ta'siri bo‘yicha tayyorlagan hisobotini tegishliligi bo‘yicha o‘rganib chiqildi va unga asosan "Magistral elektr tarmoqlariga tegishli elektr energiyasini uzatish tizimini rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan integratsiyalash, mavjud podstansiyalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilishning uzoq muddatli dasturi"ning birinchi bosqichi ishlab chiqildi.

 

 

 

II. Energetika vazirligining 2021-yil 25-maydagi 29-sonli bayoni 1-bandi topshirig‘i asosan “O‘zbekiston Respublikasining 220–500 kVli magistral tarmog‘ining 2030 yilgacha bo‘lgan istiqbolini hisobga olgan holda yagona energetika tizimining 2025 yilgacha bo‘lgan davrdagi rivojlanish sxemasini ishlab chiqish.

Aksiyadorlik jamiyati hamda “Sredazenergosetproekt” AJ o‘rtasida 2020-yil 28-dekabrda tuzilgan 67-20-sonli shartnoma asosida "Magistral elektr tarmoqlarining 2025-yilgacha rivojlantirish hamda 2030-yilgacha istiqbolli rivojlantirish sxemasi" ishlab chiqildi.

Magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirish yo‘nalishidagi ushbu sxema elektr energiyasi uzatilishining ishonchliligini oshirib, yagona elektr energetika tizimi barqarorligi hamda ishga kiritilishi rejalashtirilayotgan energetik ob'ektlarni tarmoqqa ishonchli ulanishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi energetika tizimi qo‘shni davlatlar energotizimlari bilan parallel ishlashini, eksport-import hajmini oshirishni ta'minlash hamda 2020-yil mart oyida tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan ta'minlash Konsepsiyasida 2030-yilgacha qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida quvvati 3000 MVt shamol va 5000 MVt quyosh elektr stansiyalarini qurish ko‘zda tutilgan loyihalari doirasida jami 1237,9 km uzunlikdagi 500 kV kuchlanishli, 1950,2 km uzunlikdagi 220 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini hamda umumiy quvvati 6210 MVA bo‘lgan 5 ta 500 kV kuchlanishli, 4150 MVA bo‘lgan 11 ta 220 kV kuchlanishli podstansiyalarning qurilishi rejalashtirilgan.

 

III. Elektr energetika sohasida yangi qurilish norma-qoidalari va standartlarini ishlab chiqilishini hamda qabul qilinishini muvofiqlashtirish bo‘yicha

Ijozatingiz bilan, dastavval 2020-yilda bajarilgan ishlar sanab o‘tamiz:

Aksiyadorlik jamiyati hamda ?UZASSYSTEM? MChJ QK o‘rtasida 2019-yil 14-noyabrda 001-sonli O‘zbekiston Respublikasining elektrotexnik normalari va standartlarini yangilash xizmatlarini taqdim etish to‘g‘risidagi tuzilgan shartnomaga asosan 2020-yil yakunigacha jami besh yuz oltmish sakkizta (568 ta) MEK (IEC), AQShning “Elektr va elektron muhandislari instituti” (IEEE-Institute of Elektrical and Elektronics Enjineers), ISO (ISO) xalqaro standartlarini qabul qilish bo‘yicha ishchi takliflari belgilangan tartibda qabul qilish va realizatsiya qilish, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun “O‘zstandart” agentligiga Energetika vazirligi orqali taqdim qilindi.

 

 

 

2021-yilda bajarilgan ishlar haqida qisqacha ma'lumot:

Bugungi kunga qadar ishchi guruh tomonidan jami 356 ta turli, jumladan 316 ta IEC, 4 ta ISO, 13 ta CIE va 23 ta IEEE xalqaro standartlar tahlil qilindi. Tahlillar natijasida jami 98 ta xalqaro standartlarni, jumladan 79 ta IEC, 1 ta ISO, 7 ta CIE va 11 ta IEEE standartlarini qabul qilish bo‘yicha Texnik qo‘mitaga ishchi takliflar taqdim qilindi.

2021-yilda elektr energetika sohasiga oid, past va o‘rta kuchlanishli tarmoqlar, Osiyo taraqqiyot banki ro‘yxati, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ya'ni shamol stansiyalari va quyosh panellari borasidagi xalqaro standartlarni qabul qilish maqsadida besh marta Texnik qo‘mita (TQ) a'zolari ishtirokida seminarlar o‘tkazildi. Texnik Qo‘mita a'zolariga ishchi takliflar taqdim etildi va ular tomonidan dastlabki 98 ta xalqaro va ularning havola etilgan standartlari tanlab olindi va qabul qilish borasida bayonnomalar tasdiqlandi. Aniqrog‘i, o‘tgan hisobot yili rejasidagi 5 ta bosqichdan iborat vazifalari nihoyasiga yetkazildi.

O‘zbekiston Respublikasida elektrotexnika va energetika sohasidagi amalga oshirilgan islohotlar, milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, “Young leadership” dasturi orqali standart sohasida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash hamda elektrotexnika mahsulotlarini raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirishdagi masalalar bo‘yicha IECning Bosh kotibi Filip Metzger (Germaniya) bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Filip Metzger tomonidan “Modern Uzbekistan” jumlasi ishlatilib, energetika va elektrotexnika sanoatini rivojlantirishda xalqaro standartlarni joriy etishga O‘zbekiston hukumati tomonidan e'tibor qaratilganligi juda ijobiy natija ekanligini qayd etdi.

 

 

 

Bosh kotibi Filip Metzger IEC tashkiloti O‘zbekistonning xalkaro normalarga asoslangan “Associate membership” sa'y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini va, o‘z navbatida, hamkorlik orqali o‘zaro munosabatlarni yanada kuchaytirish tarafdori ekanini ma'lum qildi.

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, O‘zbekistonni IEC tashkilotiga “Associate membership” maqomida a'zo bo‘lishiga amaliy yordam berish uchun markaziy apparati ekspertlari Aristeya Kiriakati (Gretsiya), Antuanetta Pittelud (Shvetsariya), Ketrin Fraga (Angliya) jalb etilishiga erishildi.

Markaziy apparat ekspertlari xulosasi va O‘zbekistonni IEC tashkilotiga “Associate membership” maqomida a'zo bo‘lish masalasi joriy yilning 8 noyabrda videokanferens aloqa orqali bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda ma'lum qilinadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 90% imtiyoz asosida standartlarni olish mumkinligi to‘g‘risida O‘zbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi xalqaro bo‘lim boshlig‘i tomonidan og‘zaki ma'lumot berildi.

 

IV. O‘zbekiston Respublikasi energotizimidagi barcha magistral elektr tarmoqlarining raqamli modelini va interaktiv xaritasini yaratish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2020-yil 4-noyabrdagi 02-3115-sonli topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2020-yil 26-oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 87-sonli bayoni, 11-band, 4-xatboshida "ixtisoslashgan loyiha institutini jalb qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi energotizimidagi barcha magistral elektr tarmoqlarining raqamli modelini va interaktiv xaritasini yaratish" topshirig‘ining ijrosi yuzasidan "UZASSYSTEM" QK MChJ 2021-yil 4-maydagi P015-sonli ″O‘zbekiston Respublikasi energotizimidagi barcha magistral elektr tarmoqlarining raqamli modelini va interaktiv xaritasini ishlab chiqish to‘g‘risidagi shartnoma imzolanib ijrosi ta'minlandi.

Boshqarma tomonidan 2022-yilga rejalashtirilgan ishlar tasdiqlangan ish jadvali asosida davom ettirilmoqda.

 ✍️ Zafar Djurayev, Strategik rivojlantirish va standartlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>