Ayni paytda “ENERGO-IT” filialida 140 nafar ishchi-xodimlar mehnat faoliyati olib borishmoqda. “ENERGO-IT” filiali 2021-yil davomida “O‘zbekiston MET” AJ bo‘linmalari, “Energiya” koordinatsion dispetcherlik markazi va Milliy dispetcherlik xizmati uchun ma'muriy, dispetcherlik va texnologik aloqa, teleaxborot kanallari uzluksiz ishlashini ta'minladi.
Shuningdek, raqamli, muassasaviy, ishlab chiqarish-avtomatik telefon stansiyalarini (UPATS), dispetcherlik kommutatorlarni, yuqori chastotali aloqa, telemexanika, radioaloqa, aloqa bog‘lamalari elektrta'minoti, kabelli, optik-tolali hamda radioreleli aloqa tizimlari uskunalarini ekspluatatsiya qilish, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “O‘zbekiston MET” AJ filiallariga amaliy yordam berilgan.
Yil davomida “O‘zbekiston MET” AJ rahbariyati va bo‘linmalari o‘rtasida videokonferensiyalar sifatli o‘tishini ta'minlandi. Bundan tashqari, videokonferensiya “IES” AJ korxonalari bilan ham shartnoma asosida tashkil qilinib, o‘tkazib borildi.
Energetika vazirligi, “O‘zbekiston MET” AJ, “IES” AJ, “HET” AJ, qurilish-montaj korxonalari, loyiha institutlari rahbariyati va bo‘linmalariga shaharlararo va xalqaro avtomatik telefon hamda kommutator aloqasini taqdim etish xizmati ko‘rsatildi.
DTBV loyiha hujjatlari bilan bog‘liq muammolarini hal qilish va qurilayotgan ob'ektlarda DTBVga aloqador jixatini nazorat qilish bilan shug‘ullanildi.
O‘zbekiston energotizimning 110 kV, 220 kV, 500 kV liniyalarida ishlovchi yuqori chastotali va optik tolali aloqa uskunalariga TTJE va IX - "Telekommunikatsiya tarmoqlarini joriy etish va ishlatish xizmati" (SV i ETS - "Slujba vnedreniya i ekspluatatsiya telekommunikatsionnix setey") xodimlari tomonidan texnik xizmat ko‘rsatildi.
2021-yil davomida "Optik-tolali va aloqa kabellar liniyalar ekspluatatsiya xizmati" OT va AKTIX (SEV i KLS- "Slujba ekspluatatsii volokonno-opticheskix i kabelnix liniy svyazi") xodimlari tomonidan energokorxonalarga borib shikastlangan optik-tolali va aloqa kabellarni ta'mirlandi.
Filialning loyiha bo‘limi tomonidan “Qashqadaryo MET” va “Surxondaryo MET” filiallarida muassasa UPATS, lokal tarmoq loyihalari ishlab chiqarilib, buyurtmachilarga topshirildi.
Filial xodimlari AKTni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, axborotni to‘plash, qayta ishlash, saqlash hamda samarali foydalanish jarayonlarini me'yoriy-huquqiy, texnologik va axborot-tahliliy ta'minoti bilan shug‘ullanishdi. Internet tarmog‘ida elektr energetika tarmog‘ining veb-resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, ularning samarali ishlashi ta'minlandi.
Avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorat tizimining operativ va o‘lchash dasturiy-apparat majmuasi (OIK ASDU) elektr tizimining barcha asosiy nazorat bo‘linmalariga tezkor va axborot xizmatlarini ko‘rsatildi.
Avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimlarining operativ o‘lchov kompleksini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish, o‘rniga zamonaviy SCADA/EMS tizimlarini joriy etish ishlari olib borilmoqda.
https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7078
Loyiha doirasida loyihaning texnik-iqtisodiy asoslar (TIA) hamda tender hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov yakunlanib “EDF-CIST” (Fransiya) konsalting kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi. Loyihani amalga oshirishning birinchi bosqichida konsultant tomonidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatlaridagi mavjud energoob'ektlarda joylashgan telekommunikatsiya tarmoqlari, ma'lumot almashinuv vositalari, RTU va SCADA tizimi doirasida ma'lumotlar almashish hamda masofaviy boshqaruvni amalga oshirishda talab etiladigan barcha qurilmalarni o‘rganish va tahlil qilish maqsadida “Keles”, “Ozodlik” va “Yuksak” podstansiyalariga hamda “Toshkent IES” AJ ob'ektlarga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
Loyihaning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish ishlari yakunlanib, tegishli tashkilotlar bilan kelishish ishlari olib borilmoqda.
Jamiyat ish faoliyatini raqamlashtirish borasida “Resurslarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini (ERP) joriy etish” loyihasi doirasida qizg‘in ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda konsultant tomonidan loyihaning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqilib, tegishli tashkilotlar bilan kelishish ishlari olib borilmoqda.
2021-yil davomida 23 ta filial xodimi tashqi kurslarida malaka oshirdilar hamda oliy ta'lim muassasalari sirtqi bo‘limiga kvota bo‘yicha 2 ta xodim o‘qishga kirdi. Filial xizmat, sektor va bo‘limlar xodimlari uchun yil davomida o‘quv-seminarlar o‘tkazib borildi.
Agar Filial tomonidan amalga oshirilgan va ayni damda amalga oshirilishi davom ettirilayotgan amaliyotlarni sabab o‘tsak, sarhisob quyidagicha bo‘ladi:
“ENERGO-IT” filiali xodimlari tomonidan 2021-yil davomida quyidagilarga texnik yordam ko‘rsatildi:
- 500 kVli “Toshkent” PS – “Chirchiq” PS yo‘nalishidagi AVS-3 yuqori chastotali uskunasidagi “TM-Chirchiq” va kommutator kanalini tiklashda joyiga borib, mutaxassislar tomonidan texnik yordami ko‘rsatildi;
- 500 kVli “G‘uzor” PSdagi VFT uskunasidagi nosoz 2 dona PSA elektr ta'minot bloki ta'mirlandi;
- 220 kVli “Qarshi” PS – “Talimarjon” IES AJ yo‘nalishi bo‘yicha AVS-3 yuqori chastotali uskunasidagi asosiy “TM-Talimarjon” va kommutator kanallarini qayta tiklashda telefon orqali mutaxassis tomonidan texnik yordami ko‘rsatildi;
- “Samarqand MET” filiali – MAB yo‘nalishi bo‘yicha ijara oqimlari nosozligi tufayli “Samarqand MET” filiali – “Sirdaryo IES” AJ – MAB yo‘nalishlari bo‘yicha STM-1 va FOX-515 optik tolali, raqamli uskunalaridagi ye1 zaxira oqimlari tiklandi;
- “O‘zbekiston MET” AJ binosi oldida qurilish ishlari olib borilayotganda telefon kanalizatsiyasi hamda aloqa kabellarini uzilishi natijasida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etildi. Yangi telefon kanalizatsiyasi tiklandi, optik tolali va mis aloqa kabellari yotqizildi, o‘lchash ishlari oli borildi;
- 500 kVli “Toshkent” PS – “Yangi-Angren IES” AJ oralig‘idagi nosozliklar joyiga borib bartaraf etildi, optik aloqa muftasi montaj qilindi;
- “Ozodlik” va “Yuksak” podstansiyalarda dispetcherlik aloqasida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish uchun borib yordam ko‘rsatildi;
- “Traktorsoz” PS – “Toshkent” PS yo‘nalishi bo‘yicha AVS-3 uskunasini “TM-Traktorsoz” va TRDS kanalini tiklashda mutaxassis joyiga chiqib, texnik yordam ko‘rsatdi;
- “Sirg‘ali” PS –“Adolat” PS AVS-3 uskunasini TRDS kanalini tiklashda mutaxassis joyiga chiqib texnik yordam ko‘rsatdi;
- “Qo‘yliq” PSga borib yeT-81 uskunasi “Adolat” PS yo‘nalishi bo‘yicha “TM-Adolat” zaxira kanalidagi nosozlikni joyida bartaraf etildi;
- GES-6da Z-821, Z612 elektr ta'minot bloklari nosozlikni joyida bartaraf etildi;
- 500 kVli “G‘uzor” PS – “NS-3” PS yeT-83 uskunasini yo‘nalishi bo‘yicha kommutator kanalini tiklashda telefon orqali mutaxassis texnik yordami ko‘rsatildi;
- “Talimarjon IES” AJ – “Qarshi” PS yo‘nalishi bo‘yicha AVS-3 uskunasini “TM-Talimarjon” kanalini qayta tiklashda telefon orqali mutaxassis texnik yordami ko‘rsatildi;
- MAB – “Sayilgoh"” PS – “Severnaya” PS – “Navoiy” PS – “Keles” PS OK-12 optik tolali kabelida o‘lchash ishlari olib borildi;
- MAB – “Toshkent IEC” AJ GYFSTS-24 optik tolali kabelida o‘lchash ishlari olib borildi;
- GES 11 va GES 15 oralig‘ida TZG 7x4 kabelidagi nosozlik bartaraf etildi;
- “Buxoro” PS va “Qorako‘l” PS oralig‘ida OPGW-24 optik tolali kabelida 14 ta mufta montaj ishlari olib borishi nazorat qilindi;
- “Navoiy MET” filiali “Zarafshon” dispetcherlik xizmati tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqildi;
- “Yuksak” PS – “Ozodlik” PS yo‘nalishi bo‘yicha AVS-3 uskunasidagi Ozodlik TM va TRDS kanalarini tiklashda joyiga chiqib texnik yordam ko‘rsatildi;
- “Sirg‘ali” PS – “Adolat” PS yo‘nalishi bo‘yicha AVS-3 uskunasidagi Sirg‘ali TRDS kanalarini tiklashda joyiga chiqib texnik yordam ko‘rsatildi;
- “Qashqadaryo MET” filialiga borib 500 kVli “G‘uzor” PS – “NS-3” PS yo‘nalishi bo‘yicha yuqori chastotali aloqani qayta tiklash maqsadida yeT-83 uskunasini ishga tushirildi va 500 kVli “G‘uzor” PS – “Qarshi” PS yo‘nalishi bo‘yicha yeT-83 uskunasidagi NS-3 – “Qarshi” PS navbatchi kanali qayta tiklandi;
- “Sirdaryo IES” AJdagi yeT-83 uskunasini SMPSA elektr ta'minot bloki ta'mirlandi;
- “Taxiatosh IES” AJ Taxiatosh TM kanalini qayta tiklashda telefon orqali mutaxassis texnik yordami ko‘rsatildi;
- “Navoiy IES” AJ – “Ximiya” PS yo‘nalishi bo‘yicha AVS-3 uskunasidagi Navoiy TM kanalini qayta tiklashda telefon orqali mutaxassis texnik yordami ko‘rsatildi;
- MAB va “Qo‘yliq” PS oralig‘ida telefon kanalizatsiyasi ko‘chirilishi munosabati bilan Farg‘ona yo‘li ko‘chasida 1300 metr shisha tolali aloqa kabeli tortildi va 2 ta mufta montaj qilindi;
- “O‘zbekiston MET” AJ binosini tamirlash ishlari vaqtida, shisha tolali aloqa kabelini uzilishi oqibatida yangi telefon kanalizatsiyasiga o‘tkazish uchun 1 ta va “Toshkent IES” AJ, BKM, ATS 237ga tortilgan kabellarida 3 ta mufta montaj kilindi. MTS-8000 reflektometirida o‘lchash ishlari olib borildi;
- Buxoro viloyatida “Buxoro-220” NS hamda “Qorako‘l-500” PSdagi va Qashqadaryo viloyatida L-527 liniyasida “Talimarjon IES” AJ – “Ko‘kdala” PS va “So‘g‘diyona-500” PS oralig‘idagi OPGW-24-E-9 rusumli shisha tolali aloqa kabellarni nosozligini bartaraf qilindi;
- OTKTIX xodimlari tomonidan TMZ loyihasi bo‘yicha “Sirg‘ali” PS – “Qo‘yliq” PS oralig‘ida trosdagi shisha tolali kabelda 12 ta mufta va 2 ta ODF montaj qilindi;
- “Zafar” PS –“Qo‘yliq” PS yo‘nalishi bo‘yicha AVS-3 uskunasidagi 22089 raqami va TRDS kanallarini tiklashda joyiga chiqib texnik yordam ko‘rsatildi;
- “Sirdaryo IES” AJdagi yeT-83 uskunasini 3-dona LPA, 2-dona SMPSA bloklari ta'mirlandi;
- “Qo‘yliq” PSdagi AVS-3 uskunasini UN va UM bloklari ta'mirlandi;
- “Qo‘yliq” PSda dispetcherlik aloqasi uchun yangi kanallarni EDTSda mavjud platalariga ulash va yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish uchun joyiga chiqib yordam ko‘rsatildi;
- “NP ESAN” MChJ xodimlari bilan “O‘zbekiston MET” AJning yangi binoga ko‘chib o‘tishi munosabati bilan binoda hozirda mavjud bo‘lgan IIATSni ma'muriy IIATSga almashtirish bo‘yicha kelishuvlar olib borildi;
- Osiyo ko‘chasida joylashgan “O‘zbekiston MET” AJ ma'muriy binosi oldidagi TShTTga qarashli quduqda kabellarni ulash ishlari bajarildi;
- L-524 liniyasida “O‘zbekiston” PS hamda “Obihayot” PS oralig‘ida 39 tayanchdan 41 tayanchgacha 750 metr OKGT shisha tolali kabelini osilgan holda o‘rnatib, ikkita mufta montaj qilindi. Nosozlik bartaraf etildi va MTS-8000 reflektometri yordamida o‘lchash ishlari olib borildi;
- “Qo‘yliq” PS – “Zafar” PS yo‘nalishi bo‘yicha AVS-3 uskunasidagi Zafar TRDS kanallarini tiklashda joyiga chiqib texnik yordam ko‘rsatildi;
- “Qo‘yliq” PS – “Fayzobod” PS yo‘nalishi bo‘yicha yeT-83 uskunasidagi Fayzobod TRDS kanallarini tiklashda joyiga chiqib texnik yordam ko‘rsatildi;
- “Qo‘yliq” PS – “Adolat” PS yo‘nalishi bo‘yicha AVS-1 uskunasidagi "TM-Adolat" va MDM (NDS) kanallarini tiklashda joyiga chiqib texnik yordam ko‘rsatildi;
- GES-6 LVK uskunasini BP-24 ta'mirlandi;
- “O‘zbekiston MET” AJ binosida belgilangan xonalar orasiga tashlangan TSV 100x2 kabelida o‘lchash ishlari va shkafda krona plintlari montaj ishlari olib borildi;
- 500 kVli “Toshkent” PS – “Yangi Angren IES” AJ oralig‘idagi magistral OPGW-12-ye-9 shisha tolali aloqa kabelni texnik holatini MTS-8000 reflektometrida tekshirildi;
- “Sirg‘ali” PS aloqa uzeli va ZRU oralig‘ida tashlangan shisha tolali aloqa kabelini montaj ishlari bajarildi va MTS-8000 reflektometrida tekshirildi;
- “Sirg‘ali” PS dispetcherlik aloqasi uchun yangi raqamli IIATSni o‘rnatish va ishga tushirish uchun texnik yordam ko‘rsatildi;
- “Qo‘yliq” PSda va “Yuksak” PSda dipspetcherlik aloqasidagi nosozlik bartaraf etildi;
- “NP ESAN” MChJ xodimlari bilan birgalikda “O‘zbekiston MET” AJning hozirda mavjud bo‘lgan IIATSni ma'muriy IIATSga almashtirish ishlarida ishtirok etildi;
- GES-6 va GES-7 oralig‘idagi TN-12 NE uskunasidagi kanallarni qayta tiklashda joyiga chiqib yordam ko‘rsatildi;
- “Ozodlik” PSga borib AVS-3 uskunasidagi TRDS va Ozodlik 22018 kanallarni qayta tiklandi;
- “Yangi-Angren IES” AJning yeT-83 uskunasining 1-dona SMPSA bloki ta'mirlandi;
- YuCh sektoriga qarashli yeT-83 uskunasining 1-dona PAPSA bloki ta'mirlandi;
- “ENERGO-IT” filiali MTB va “Yuksak” PS oralig‘ida (Shahrisabz ko‘chasi) shisha tolali aloqa kabeli (ShTAK) nosoz holatga kelganligi sababli 150-metr VOK-24 ShTAK hamda TPP 30x2x0.5 150-metr almashtirildi, 2-donadan optik mufta montaj qilindi. MTS-8000 uskunasida o‘lchash ishlari olib borildi va aloqa tizimlari ishga tushirildi;
- “Toshkent shahar MET” filialiga yangi raqamli IIATS (ATS) o‘rnatish va ishga tushirishda joyiga chiqib amaliy yordam ko‘rsatildi;
- “Yuksak” PS dispetcherlik aloqasida yuzaga kelgan nosozlikni borib bartaraf etildi;
- “NP ESAN” MChJ xodimlari bilan birgalikda sobiq “O‘zbekenergo” AJ binosida joylashgan UPATS DX-500 (ATS) aloqa uskunasiga yangi dasturiy ta'minot o‘rnatildi;
- “Yangi Angren IES” AJga qarashli yeT-83 va ASK-3 uskunasining 3 dona PAPSA, 1 dona SMPSA, 2 dona LPA, 1 dona M-PFVCh, 1 dona US-1 bloklari ta'mirlandi;
- “Toshkent shahar MET” filialida ODF apparaturasiga 8 tolali optik kabeli payvandlandi;
- “McKinsey & Company” xalqaro konsalting kompaniyasining loyihasini amalga oshirish maqsadida “ЕNERGO-IT” filiali mutaxassislari joyiga borib, Samarqand–Buxoro liniyasini diagnostikasini amalga oshirishdi. MTS-8000 o‘lchov uskunasida o‘lchash ishlari olib borilganda, L-526 “Talimarjon IES” AJ – 500 kVli “Qorako‘l” PS va L-527 “Talimarjon IES” AJ – “So‘g‘diyona” PS oraliqlarida nosozliklar aniqlandi. 220 kVli “Buxoro” PS – 110 kV “Markaziy” PS oralig‘idagi 7 km masofada shisha tolali kabel (ShTK) yotqizilmaganligi aniqlandi. ShTK qolgan montaj va sozlash ishlari oxiriga yetkazish haqida “IES” AJga xat jo‘natildi;
- “O‘zbekiston MET” AJ binosidagi aloqa xonasidan va GES-1 orasiga yotqizilgan shisha tolali aloqa kabelini va ODFni FOX shkafiga montaj qilindi;
- “Angren IES” AJ - “Yangi Angren IES” AJ yo‘nalishidagi ASK-3 uskunasidagi Angren dispetcher va kommutator kanallarin qayta tiklandi;
- “Yangi Angren IES” AJdagi yeT-83 uskunasining MMI tablosi almashtirildi va ASK-3 uskunasining KG, UNCh prm bloklari tamirlandi;
- “Fayzobod” PS - “Qo‘yliq” PS yo‘nalishidagi yeT-83 uskunasidagi Fayzobod TRDS va 224-89 (tizim) kanallarini nosozligini bartaraf etildi;
- “Zafar” PS - “Qo‘yliq” PS yo‘nalishidagi AVS-3 uskunasidagi Zafar TRDS kanalini nosozligini bartaraf etildi;
- “Zafar” PS BAU avtomatika bloki nosozligi aniqlanib, tamirlandi;
- “Ozodlik” PS INX-88 generator qurilmasi nosozligi tamirlandi;
- 500 kVli “Toshkent” PS, 220 kVli “Qo‘yliq” PS va “Angren IES” AJning EDTS-66 aloqa qurilmasida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish uchun joyiga borib yordam ko‘rsatildi;
- “Toshkent” PS – “Traktorsoz” PS yo‘nalishi bo‘yicha AVS-1, AVS-3 uskunalaridagi TRDS va NDS kanali va TM kanalarini tiklashda joyiga chiqib mutaxassislar texnik xizmat ko‘rsatildi;
- “Toshkent” PS, “Sergeli” PSdagi BAU avtomatika bloki nosozligi aniqlanib, ta'mirlandi;
- “Qo‘yliq” PSdagi kamera elektr ta'minot bloki nosozligi aniqlanib, tamirlandi;
- 500 kVli “Toshkent” PSda dispetcherlik aloqasi uchun yangi kanallarni EDTSda mavjud platalariga ulash va yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish uchun joylarga chiqib texnik yordam ko‘rsatildi.
“O‘zbekiston MET” AJ binosi oldida shisha tolali kabel uzilishi holatlarida, yangi bino ichida shisha tolali kabel yotqizish va montaj ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, Markaziy aloqa bog‘lamasi (SUS) xodimlari aloqa kanallarini videokonferens aloqani (selektor) o‘tkazilishi uchun tayyorlashdi va nazorat qilishdi: videokonferens aloqani sifatli o‘tishi ta'minlandi
Shu bilan birga, Uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ishlatish guruhining bajargan ishlari quyidagilardan iborat:
- “O‘zbekiston MET” AJning arizalari bo‘yicha kompyuterlarga dasturiy majmualar o‘rnatish ishlari bajarildi;
- “O‘zbekiston MET” AJning boshqarmalari arizalari, “O‘zbekenergo” AJ binosidagi energokorxonalar hamda «ENERGO-IT» filiali bo‘limlari arizalari bo‘yicha kompyuterlarda profilaktika ishlari amalga oshirildi.
Hisobot so‘nggida shuni alohida ta'kidlash lozimki, «ENERGO-IT» filiali Axborot xizmati faoliyatiga ham yaqindan yordam bermoqda. Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning utube ijtimoiy tarmoq kanaliga Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan matnli, foto-video hamda infografika mahsulotlari yuklab boriladi. Shuningdek, Ochiq ma'lumotlar portaliga oylik va choraklik hisobotlarni yuklash ishida ham «ENERGO-IT» filiali texnik muhandislari beminnat ko‘makchi.
Bundan tashqari, “Infografika” studiyasi faoliyati ham «ENERGO-IT» filialining yetakchi muhandisi yordami bilan amalga oshirilmoqda.
Umuman olganda, «ENERGO-IT» filiali “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining ma'muriy, dispetcherlik va texnologik aloqa hamda teleaxborot kanallari uzluksiz ishlashini ta'minlash, shuningdek, raqamli, muassasaviy, ishlab chiqarish-avtomatik telefon stansiyalari, dispetcherlik kommutatorlari, yuqori chastotali aloqa, telemexanika, radioaloqa, aloqa bog‘lamalari elektrta'minoti, kabelli, optik-tolali hamda radioreleli aloqa tizimlari uskunalarini ekspluatatsiya qilish, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha rejalashtirgan ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
✍️ Ilhom Safarov, “ENERGO-IT” filiali direktori
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati