Yangiliklar
2021-yil sarhisobi. 16-sonli: «Yuridik boshqarmasi: 2021-yilda mingdan ziyod rasmiy hujjatlar huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi»
  • 11.02.2022
  • 607

“O‘zbekiston MET” aksiyadorlik jamiyati Yuridik boshqarmasi tomonidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot

“O‘zbekiston MET” aksiyadorlik jamiyati (kelgusida – Jamiyat deb yuritiladi) Yuridik boshqarmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvar kungi PQ-2733-sonli qarori hamda lavozim yo‘riqnomasida belgilangan vazifalarni bajarib kelmoqda.

 

Xususan, Jamiyat boshqaruvi raisi tomonidan 2021-yil 12 oyida imzolangan 396 ta buyruqlar hamda boshqaruv raisining o‘rinbosarlari tomonidan imzolangan 485 ta ko‘rsatmalar huquqiy ekspertizasidan o‘tkazilib, ularning qonuniyligi o‘rganilgandan so‘ng rahbarlar tomonidan imzolashga tavsiya qilingan, ularning 230 dan ortig‘i amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish, xato va kamchiliklarni baratarf etish uchun qaytarilgan.

Shartnomalar va yuridik xususiyatga ega bo‘lgan boshqa hujjatlarning loyihalari huquqiy ekspertizasini amalga oshirish yuzasidan 73 ta xorijiy davlatlar bilan shartnomalar va kelishuvlar loyihasi, 65 ga yaqin boshqa turdagi shartnomalar hamda 240 ga yaqin yozishma xatlar huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, rasmiylashtirishga tavsiya etildi, 100 dan ortiq shartnoma va yozishma xatlar loyihasi qonunchilik nomalariga muvofiq emasligi bois qaytarildi.

Shuningdek, Yuridik boshqarmasi tomonidan Jamiyatning qonun-norma ijodkorligi faoliyatida faol ishtirok etib, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida tarkibiy bo‘limlar bilan hamkorlik o‘rnatib, ularning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirib kelmoqda.

 

Jumladan, “Yangi 500 kV kuchlanishli “Halqa” nimstansiyasi hamda 220 kV va 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyixasi, Vazirlar Mahkamasining “Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan 220 kVli “Besopan” o‘chirib-yoqish punktigacha 177 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatish tarmog‘ini 500 kVli gabaritda qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 10-iyundagi 372-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm viloyatida quvvati 174 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyixasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi, “Elektr energiyasi va tabiiy gaz sohalarini isloh qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi, “O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi suv va energetika resurslaridan oqilona foydalanish, joriy yilda kutilayotgan qurg‘oqchilikning oldini olish hamda respublikada uzluksiz va ishonchli elektr energiyasi bilan ta'minlash” bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Farmoyishi loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatida quvvati 1500-1600 MVt bo‘lgan kombinatsiyalangan siklli issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida quvvati 240 mvt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi va quvvati 230 mvt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish hamda Buxoro viloyatida quvvati 270 mvt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyixasi va boshqa bir qancha loyihalarga takliflar berib kelinmoqda.

Yuridik boshqarma tomonidan Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi va Axborot xizmati bilan hamkorligida Jamiyat xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirib, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazib berilmoqda. Shu maqsadda prokuratura, sud va boshqa organlar bilan hamkorlikda targ‘ibot ishlari rejasi tuzilib, ijro qilinib kelinmoqda.

Masalan, 2021-yil 19-fevralda “Buxoro MET” filiali podstansiya va guruhlarda xodimlarning malakasini oshirish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari, 2021-yil 9-aprelda “Surxodaryo MET” filiali xodimlari va Jamiyat yetakchi yuriskonsulti S.G‘ulomov ishtirokida “Korrupsiyani yengishning yagona yo‘li-befarq bo‘lmaslik” mavzusidagi targ‘ibot yig‘ilishi, 2021-yil avgust oyida “Ichki mehnat tartib qoidalari” mavzusida targ‘ibot yig‘ilishi va shu kabi boshqa yig‘ilishlar o‘tkazildi.

 

Shu bilan birga, Boshqarma tomonidan Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da'vo ishlarini yuritishda, vujudga keladigan nizolarni sudgacha hal etish hamda sud protseslarida Jamiyat manfaatlarini yetarli darajada himoya qilib kelinmoqda.

Masalan, 2021-yil 9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga huquqiy ta'sir chorasini qo‘llash va "O‘zbekiston MET" AJ hisobidan 171 900 000 so‘m miqdorida jarima undirish yuzasidan kiritgan da'vo arizasi ko‘rmasdan qoldirishga erishib, Jamiyat foydasiga ijobiy hal etildi.

 

2021-yil 11-oktyabr kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida “O‘zelektrtarmoq” UK hamda “Qashqadaryo HETK” AJ o‘rtasida 2017-yil 5-dekabr kuni imzolangan 21/178-sonli shartnoma bo‘yicha ko‘rib, chiqilgan 4-1001-2112/24674-sonli ishda ishtirok etib, Jamiyat hisobiga 673 572 110 so‘m miqdorida foyda keltirildi.

2021-yil 24-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston MET” AJning O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuning 14-moddasi talablari buzilganligi yuzasidan ko‘rib chiqilgan 17/62-sonli ishda ishtirok etib, Jamiyat foydasiga ijobiy hal etildi.

 

2021-yil 14-oktabr kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida da'vogar “Optik aloqa qurilish” MChJ “O‘zbekiston MET” AJ hisobidan 393 493 452,45 so‘m pul mablag‘ini undirish yuzasidan kiritgan arizasi bo‘yicha kelishuv bitimi imzolanishi natijasida Jamiyat foydasiga 3 934 931,52 so‘m foyda keltirildi.

2021-yil 18-may kuni Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilgan 2105/1710-sonli iqtisodiy ish yuzasidan “O‘zbekiston MET” AJ foydasiga “Ta'mirqurilish” HK hisobidan 31 323 061,36 so‘m foyda undirilishiga erishildi.

 

2021-yilning 15-oktabr kuni “Angren IES” AJ tomonidan “O‘zbekiston MET” AJ hisobidan 7 126 202 200 so‘m undirish to‘g‘risida iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilgan 4-1001-2105/41495-sonli ish Jamiyat foydasiga ijobiy hal etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrda “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'ektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1050-sonli qaroriga muvofiq filial yuriskonsultlari tomonidan joriy yilning 5-oktabr kuniga qadar yuridik va jismoniy shaxslarning muhofaza zonalarida o‘zboshimchalik bilan qurgan ob'ektlariga mahalliy davlat organlari bilan hamkorlikda choralar ko‘rib kelinmoqda.

Jumladan bugungi kunga qadar 1303 ta noqonuniy qurilgan ob'ektlar aniqlanib, Yuridik shahslar tomonidan “Buxoro MET” filialida 33 ta, “Toshkent shahar MET” filialida 6 ta, “Toshkent MET” filialida 61 ta, “Qashqadaryo MET” filialida 4 ta, “Navoiy MET” filialida 4 ta va “Xorazm MET” filialida 5 ta jami 113 ta aniqlangan, qolgan jismoniy shaxslar tomonidan “Buxoro MET” filialida 363 ta, “Samarqand MET” filialida 181 ta, “Sirdaryo MET” filialida 48 ta, “Surxondaryo MET” filialida 38 ta, “Xorazm MET” filialida 83 ta, “Qashqadaryo MET” filialida 41 ta, “Navoiy MET” filialida 229 ta, “Namangan MET” filialida 27 ta, “Toshkent shahar MET” filialida 15 ta, “Toshkent MET” filialida 105 ta, “Farg‘ona MET” filialida 14 ta, “Andijon MET” filialida 7 ta va “Jizzax MET” filialida 39 ta jami 1190 tasi jismoniy shaxslarni tashkil etgan.

 

Ularning barchasiga ogohlantirish xatlari yuborilgandan so‘ng, “Buxoro MET” filialida 310 ta, “Samarqand MET” 8 ta, “Navoiy MET” filialida 12 ta, “Sirdaryo MET” filialida 3 ta, “Namangan MET” filialida 21 ta va “Xorazm MET” filialida 3 ta jami 357 ta ob'ekt ixtiyoriy ravishda egasi tomonidan buzilgan. Qolgan “Buxoro MET” filialida 396 ta, “Samarqand MET” filialida 173 ta, “Qashqadaryo MET” filialida 45 ta, “Sirdaryo MET” filialida 45 ta, “Farg‘ona MET” filialida 14 ta, “Namangan MET” filialida 5 ta, “Andijon MET” filialida 7 ta, “Toshkent shahar MET” filialida 10 ta, “Surxondaryo MET” filialida 38 ta, “Navoiy MET” filialida 233 ta va “Xorazm MET” filialida 88 ta jami 1054 ta ob'ektlar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyatlari hamda prokuratura organlariga chora ko‘rishlik uchun hujjatlar taqdim etilgan, bular ichidan “Sirdaryo MET” filialida 45 ta “Farg‘ona MET” filialida 14 ta “Qashqadaryo MET” filialida 10 ta “Andijon MET” filialida 7 ta, “Namangan MET” filialida 1 ta, “Navoiy MET” filialida 114 ta, “Xorazm MET” filialida 44 ta va “Surxondaryo MET” filialida 20 ta jami 294 ta xolat bo‘yicha da'vo arizalar joylardagi sud organlariga kiritilgan.

Sud organlari tomonidan majburiy tartibda buzdirish yuzasidan “Sirdaryo MET” filialida 31 ta, “Surxondaryo MET” filialida 12 ta, “Farg‘ona MET” filialida 8 ta, “Navoiy MET” filialida 93 ta, “Jizzax MET” filialida 39 ta, “Toshkent MET” filialida 2 ta va “Xorazm MET” filialida 44 ta jami 229 ta holat bo‘yicha qarorlar qabul qilinib, hududlardagi Majburiy ijro byurosi boshqarmalariga yuborilgan, ulardan “Sirdaryo MET” filialida 14 ta, “Surxondaryo MET” filialida 8 ta, “Navoiy MET” filialida 3 ta, “Toshkent MET” filialida 23 ta, “Namangan MET” filialida 1 ta jami 49 ta da'vo arizalari bo‘yicha kadastr va boshqa yetarli dalillar mavjud emasligi bois rad etilgan. Majburiy ijro byurosi tomonidan “Sirdaryo MET” filialida 28 ta, “Xorazm MET” filialida 27 ta va “Navoiy MET” filialida 70 ta “Toshkent MET” filialida 2 ta va “Jizzax MET” filialida 30 ta jami 157 ta obe'kt majburiy tartibda buzdirilishiga erishilgan.

 

Bugungi kunda sud organlarida 65 ta xolat bo‘yicha sud protsesslari davom etmoqda.

Shu bilan birga, Jamiyatni moliyaviy qo‘llab quvvatlash, xarajatlarini qisqartirish maqsadida 2020-yilning 25-mart kuni Yuridik boshqarmasi tomonidan muhofaza zonalarida o‘zboshimchalik bilan qurgan ob'ektlarga chora ko‘rishlikni joylardagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi yuzasidan 01-11/2-sonli faksogramma chiqarilgan.

Bevosita yuridik xizmat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 65 ta va undan ortiq ariza hamda shikoyatlar hal qilindi.

✍️ Sherzod Axmedov, Yuridik boshqarmasi boshlig‘i

 

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>