«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan ishlash bo‘limi energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘ida davlat-xususiy sherikligi asosida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini — loyihalarning loyihaoldi hujjatlari tayyorlashdan boshlab tender va tanlovlar o‘tkazish, loyiha amalga oshirilib, foydalanishga topshirilgunga qadar bajarilgan ishlarga hamrohlik qilishdan iborat.
Bo‘limda investitsion loyihalarning elektr ta'minoti umumtizimiga ulanishi, xususan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari bilan integratsiyasi bo‘yicha muhim vazifani bajaradi.
Ijozatingiz bilan bo‘lim tomonidan nafaqat 2021-yilda, balki ayni paytda amalga oshirilayotgan invesititsion loyihalar haqida qisqacha ma'lumotlarni taqdim etish orqali ularni amalga oshirish bo‘yicha ayni paytdagi bosqichlari to‘g‘risida ma'lumotnoma taqdim etsak.
Navoiy viloyati
“Nur Navoi Solar” MChJ (“Masdar” – BAA) tomonidan Navoiy viloyati Karmana tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ishlatish loyihasi to‘g‘risida ma'lumot
Loyiha nomi: Navoiy viloyati Karmana tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish (Scaling Solar-1) loyihasi.
Loyihaning qiymati: 110 mln AQSh dollari.
Ishlab chiqarish quvvati: Yillik 260 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Gaz tejamkorligi: 78,7 mln kub/metr tabiiy gaz.
Issiqxona gaz chiqindilarining kamayishi: yillik 160,000 tn.
Umumiy panellar soni: 292 236 ta.
Investorlar: Birlashgan Arab Amirliklarining “Abu Dhabi Future Energy Company – Masdar” kompaniyasi (100 %).
Ayni paytda loyiha foydalanishga topshirilgan va elektr ta'minoti umumtizimiga ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yetkazib bermoqda.
Samarqand viloyati
“Tutly Solar” MChJ (“Total Eren SA” – Fransiya) tomonidan Samarqand viloyati Nurobod tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ishlatish loyihasi to‘g‘risida ma'lumot
Loyiha nomi: Samarqand viloyati Nurobod tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi.
Loyihaning qiymati: 110 mln AQSh dollari.
Ishlab chiqarish quvvati: yillik 275 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Gaz tejamkorligi: 78,7 mln kub/metr gaz.
Issiqxona gaz chiqindilarining kamayishi: yillik 160,000 tn.
Umumiy panellar soni: 295 164 ta.
Investorlar: Fransiyaning “Total Eren SA” kompaniyasi (100 %).
Buxoro viloyati
“ACWA Power Dzhankeldy” MChJ va “ACWA Power Bash wind” MChJ (“ACWA Power” – Saudiya Arabistoni) kompaniyalari tomonidan Buxoro viloyati Peshku va G‘ijduvon tumanlarida umumiy quvvati 1 000 MVt 2 ta shamol elektr stansiyalarini qurish va ishlatish loyihalari to‘g‘risida ma'lumot
Loyihalar nomi:
1. Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol stansiyasini qurish (Bosh) loyihasi;
2. Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida quvvati 300-500 MVt bo‘lgan shamol stansiyasini qurish (Jonkeldi) loyihasi.
Loyihalarning umumiy qiymati: 1,3 mlrd AQSh dollari.
Umumiy ishlab chiqarish quvvati: yillik 3,6 mlrd kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Gaz tejamkorligi: 1,1 mlrd kub/metr gaz.
Investor: Saudiya Arabistonining “International Company for water and power projects” (ACWA Power) kompaniyasi (100 %).
Ish o‘rinlari: Stansiyalarning qurilish davrida 1000-1400 tagacha ish o‘rni yaratiladi, ishga tushgandan so‘ng 40-50 ta doimiy ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Navoiy viloyati
“Shamol Zarafshon Energy” MChJ (“Masdar” – BAA) tomonidan Navoiy viloyati Tomdi tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish va ishlatish loyihasi to‘g‘risida ma'lumot
Loyiha nomi: Navoiy viloyati Tomdi tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol stansiyasini qurish loyihasi.
Loyihaning qiymati: 600 mln. AQSh dollari.
Ishlab chiqarish quvvati: yillik 1,8 mlrd kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Gaz tejamkorligi: 546 mln kub metr gaz.
Investorlar: Birlashgan Arab Amirliklarining “Abu Dhabi Future Energy Company – Masdar” kompaniyasi (100 %).
Ish o‘rinlari: Stansiyaning qurilish davrida 700 tagacha ish o‘rni yaratiladi, ishga tushgandan so‘ng 20-25 ta doimiy ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida quvvati 457 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi to‘g‘risida ma'lumot
Loyiha nomi: Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida quvvati 457 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish (Sherobod-1) loyihasi.
Loyihaning dastlabki qiymati: 260 mln AQSh dollari.
Ishlab chiqarish quvvati: yillik 1 040 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Gaz tejamkorligi: 315 mln kub/metr gaz.
Investor: Osiyo taraqqiyot bankining texnik ko‘magida o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra – Abu Dhabi Future Energy Company PJSC (Masdar).
Investitsiya ulushi: Investor ta'sischilari (20 %) va Xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘lari (80 %).
Joylashgan manzili: Loyiha Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hududidagi 601 ga yer maydonida amalga oshiriladi.
Loyiha ishga tushish vaqti: 2023-yil avgust.
Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar:
- Quvvati 457 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish;
- 220/110/10 kV kuchlanishli yangi podstansiya qurish;
- Uzunligi 50 km bo‘lgan ikki zanjirli 220 kV kuchlanishli elektr uzatish havo liniyasini qurish.
Samarqand va Jizzax viloyatlari
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida hamda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida har birining quvvati 200 MVtdan kam bo‘lmagan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish loyihalari to‘g‘risida ma'lumot
Loyihalar nomi: Scaling Solar 2:
1. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida quvvati 200 MVtdan kam bo‘lmagan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi.
2. Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida quvvati 200 MVtdan kam bo‘lmagan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi.
Joylashgan manzili: Loyihalar Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hududidagi 500 ga hamda Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hududidagi 600 ga yer maydonlarida amalga oshiriladi.
Loyiha ishga tushish vaqti: 2023-yil avgust.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zyak tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi to‘g‘risida ma'lumot
Loyiha nomi: Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zyak tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol stansiyasini qurish (“Qoratov-1”) loyihasi.
Loyihaning qiymati: 110 mln AQSh dollari.
Ishlab chiqarish quvvati: Yillik 350 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Gaz tejamkorligi: 106 mln kub/metr gaz.
Investorlar: yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining texnik ko‘magida o‘tkazilayotgan tanlov natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Joylashgan manzili: Loyiha uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy hamda Qorauzyak tumanlaridan 1 678 ga yer maydonlari boshlang‘ich tahlillarni amalga oshirish uchun ajratilgan, tahlillar yakuniga ko‘ra loyiha yer maydoni aniqlanadi.
Loyiha ishga tushish vaqti: 2023-yil.
Navoiy viloyati
“Phanes Group”kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyati Nurota tumanida quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi to‘g‘risida ma'lumot
Loyiha nomi: Navoiy viloyati Nurota tumanida quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi.
Loyihaning dastlabki qiymati: 200 mln AQSh dollari.
Ishlab chiqarish quvvati: Yillik 500 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Gaz tejamkorligi: 151 mln kub metr gaz.
Investorlar: Birlashgan Arab Amirliklarining “Phanes Group” kompaniyasi (100 %).
Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari
Respublika bo‘ylab umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish loyihalar to‘g‘risida ma'lumot
Loyihalar nomi: Scaling Solar 3:
1. Buxoro viloyatida quvvati 250 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi.
2. Namangan viloyatida quvvati 150 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi.
3. Xorazm viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi.
Loyihaning umumiy qiymati: Aniqlanmoqda. (Boshlang‘ich hisob-kitobga ko‘ra taxminan 500 mln AQSh dollari).
Umumiy ishlab chiqarish quvvati: Yillik 1,1 mlrd kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Gaz tejamkorligi: 345 mln kub/metr gaz.
Joylashgan manzillari: Loyihalar Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Qorao‘zyak tumanlarida quvvati 200 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi to‘g‘risida ma'lumot
Loyiha nomi: Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Qorao‘zyak tumanlarida quvvati 200 MVt bo‘lgan shamol stansiyasini qurish ("Qoratov-2") loyihasi.
Ishlab chiqarish quvvati: yillik 788 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Gaz tejamkorligi: 239 mln kub/metr gaz.
Investorlar: yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining texnik ko‘magida o‘tkazilayotgan tanlov natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Joylashgan manzili: Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Qorao‘zyak tumanlarida quriladi (quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi yer maydoni yonida joylashadi).
Loyiha ishga tushish vaqti: 2024-2025-yillar.
Kelgusida amalga oshiriladigan ishlar:
2021-yil oktyabr oyida loyiha yer maydonida shamol ko‘rsatkichlarini o‘lchash uskunalari to‘liq o‘rnatildi (3 ta shamol machtalari).
2022-yil oktyabrga qadar shamol ko‘rsatkichlarini yig‘ish va tahlillar o‘tkazish.
2022-yil noyabrda tahlil natijalariga ko‘ra tanlov e'lon qilish.
Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari
Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida quvvati 400 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish loyihasi to‘g‘risida ma'lumot
Loyihalar nomi: ADB Solar 2:
1. Qashqadaryo viloyatida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi.
2. Farg‘ona viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi.
Loyihaning umumiy qiymati: Aniqlanmoqda. (Boshlang‘ich hisob-kitobga ko‘ra taxminan 350 mln AQSh dollari).
Umumiy ishlab chiqarish quvvati: Yillik 900 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Gaz tejamkorligi: 330 mln/kub metr gaz.
Investorlar: Osiyo taraqqiyot bankining texnik ko‘magida o‘tkaziladigan tanlov natijasiga ko‘ra aniqlanadi.
Joylashgan manzillari: Loyiha Qashqadaryo viloyatida quriladi.
Toshkent viloyati
Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan BGQ va 230 MVt bo‘lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi to‘g‘risida ma'lumot
Loyiha nomi: Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan BGQ va 230 MVt bo‘lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi.
Loyihaning qiymati: 300 mln AQSh dollari.
Ishlab chiqarish quvvati: yillik 3,9 mlrd.kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Investorlar: Turkiya Respublikasining “Aksa Enerji Uretim A.S.” kompaniyasi (100 %).
Joylashgan manzili: Loyiha Toshkent viloyati Qibray tumani hududidagi 7,3 ga yer maydonida amalga oshirildi.
Ayni paytda loyiha ishga tushirilgan.
Buxoro viloyati
Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi to‘g‘risida ma'lumot
Loyiha nomi: Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi.
Loyihaning qiymati: 150 mln AQSh dollari.
Ishlab chiqarish quvvati: Yillik 2,2 mlrd.kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Investorlar: Turkiya Respublikasining “Aksa Enerji Uretim A.S.” kompaniyasi (100 %).
Joylashgan manzili: Loyiha Buxoro viloyati Buxoro tumani hududidagi 6 ga yer maydonida.
Ayni paytda loyiha ishga tushirilgan.
Xorazm viloyati
Xorazm viloyatida quvvati 174 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi to‘g‘risida ma'lumot
Loyiha nomi: Xorazm viloyatida quvvati 174 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi.
Loyihaning qiymati: 150 mln AQSh dollari.
Ishlab chiqarish quvvati: yillik 1,4 mlrd. kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish nazarda tutilgan.
Investorlar: Turkiya Respublikasining “Hidro Enerji A.S.” kompaniyasi (100 %).
Joylashgan manzili: Loyiha Xorazm viloyati, Yangiariq tumani hududidagi 6 ga yer maydonida.
Ayni paytda loyiha ishga tushirilish arafasida.
Toshkent viloyati
Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi to‘g‘risida ma'lumot
Loyiha nomi: Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi.
Loyihaning qiymati: 150 mln AQSh dollari.
Ishlab chiqarish quvvati: yillik 2,0 mlrd.kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Investorlar: Turkiya Respublikasining "Cengiz Enerji" kompaniyasi (100 %).
Joylashgan manzili: Loyiha Toshkent viloyati, Qibray tumani hududidagi 4,5 ga yer maydonida qurilmokda.
Ayni paytda loyiha ishga tushirilishi arafasida.
Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi to‘g‘risida ma'lumot
Loyiha nomi: Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi.
Loyihaning qiymati: 1,2 mlrd AQSh dollari.
Ishlab chiqarish quvvati: yillik 12 mlrd.kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Investorlar: Saudiya Arabistoni Qirolligining “ACWA Power” kompaniyasi (100 %).
Joylashgan manzili: Loyiha Sirdaryo viloyati, Shirin shahri hududidagi 90 ga yer maydonida.
Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyatida quvvati 1530-1600 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi to‘g‘risida ma'lumot
Loyiha nomi: Surxondaryo viloyatida quvvati 1530–1600 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi.
Loyihaning qiymati: 1,2 mlrd AQSh dollari.
Ishlab chiqarish quvvati: yillik 12,3 mlrd.kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Investorlar: Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyasi (100 %).
Joylashgan manzili: Loyiha Surxondaryo viloyati, Angor tumani hududidagi 150 ga yer maydonida qurilmoqda.
Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyatida quvvati 220 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi to‘g‘risida ma'lumot
Loyiha nomi: Sirdaryo viloyatida quvvati 220 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi.
Loyihaning qiymati: 150 mln AQSh dollari.
Ishlab chiqarish quvvati: Yillik 1,8 mlrd.kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Investorlar: Turkiya Respublikasining "Cengiz Enerji" kompaniyasi (100 %).
Joylashgan manzili: Loyiha Sirdaryo viloyati, Xovos tumani hududidagi 7 ga yer maydonida qurilmoqda.
✍️ Akmal Abbasov, Mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i
Mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan ishlash bo‘limining shtat birligi bo‘lim boshlig‘i va 3 nafar mutaxassisdan tashkil topgan bo‘lib, bo‘lim Davlat-xususiy sherikligi tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida Xalqaro moliya institutlari va Xorijiy investorlar bilan olib boriladigan muzokaralar, tegishli bitimlarning loyihalarini tayyorlash va ularni imzolash, loyihalar doirasida generatsiya quvvatlarini loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish, kelishish, ular bilan bog‘liq tarmoq infratuzilmalarini barpo etish, yoqilg‘i ta'minoti, yagona energotizimga ulash va boshqa “O‘zbekiston MET” AJning majburiyatlarini bajarilishini Jamiyatning tegishli bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim, xizmat va magistral elektr tarmoqlari filiallari bilan birgalikda muvofiqlashtirishdan iborat.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati