Yangiliklar
2021-yil sarhisobi. 13-sonli: «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish bo‘limi: Xalqaro auditorlik tashkilotidan “ijobiy auditorlik xulosasi” olindi»
  • 08.02.2022
  • 940

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish bo‘limi 3 ta shtat birligidan (Bo‘lim boshlig‘i va 2 nafar mutaxassis xodimlardan) iborat.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish bo‘limining asosiy ish vazifasi: Buxgalteriya hisobining milliy standartlari talablariga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobotlarni, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiq transformatsiya qilish, moliyaviy hisobotlarni tuzish va auditdan o‘tkazish.

 

Bo‘limning 2021-yilgi faoliyatiga to‘xtalishdan oling, ijozatingiz bilan, 2020-yilda amalga oshirilgan ishlarga qisqacha to‘xtalib o‘tsak.

2020-yil sarhisobi:

    -        Aksiyadorlik jamiyatining 2020-yil 5-martdagi 70-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4611-sonli qarori ijrosini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi;

    -        Jamiyatning 2020-yil 29-iyundagi 191-sonli buyrug‘i bilan Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari talablariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida buyruq imzolandi;

    -        Jamiyatning 2020-yil 29-iyundagi 192-sonli buyrug‘i bilan, Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy qilish bo‘limi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi;

    -        2020-yil 20-iyunda Jamiyat saytida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv muassasalari o‘rtasida xodimlarni o‘qitish bo‘yicha tanlov e'lon qilindi;

    -        2020-yil noyabr-dekabr oylarida Jamiyatning jami 20 nafar xodimlari Buxgalter va auditorlar milliy assotsiyasi tomonidan “Moliyaviy hisob-1” kursida malaka oshirib sertifikatlarga ega bo‘ldi.

    -        2019-yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotlarga 2020-yil iyun oyida “Nazorat-Audit” auditorlik tashkiloti tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi;

    -        2020-yil uchun Buxgalteriya hisobining milliy standartlari talablariga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobotlarni, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiq transformatsiya qilindi.

 

2021-yil sarhisobi:

    -        O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda “Norma” professional rivojlantirish markazi hamkorligida “MHXS asoslari” kursi bo‘yicha MHXS bo‘limining barcha xodimlari tahsil olib, yakunida “Institute of Professional financial managers” institutining “The diploma in fundamentals of the IFRS” sertifikati hamda Xalqaro menedjer diplomini qo‘lga kiritishdi;

    -        Jamiyatning 2021-yil 29-martdagi № 113-sonli buyrug‘i bilan 2020-yil uchun Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tuzish bo‘yicha hisob siyosati tasdiqlandi;

    -        2019–2021-yillar uchun MHXS bo‘yicha konsolidatsiyalashgan (jamlanma) moliyaviy hisobotlarni Xalqaro auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish maqsadida jamiyat Xaridlar bo‘yicha komissiyasining 2021-yil 5-fevraldagi CS-05-sonli bayonnomasiga binoan “Ernst & Young” MChJ Xalqaro auditorlik tashkiloti bilan 2021-yil 31-martdagi № MUTS/CS-1/2-sonli shartnoma imzolandi.

    -        Jamiyatning 2021-yil 7-maydagi 160-sonli buyrug‘i bilan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobotlarni Xalqaro auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berildi. Jumladan:

    -        Jamiyatning 2021-yil 27-iyuldagi 229-sonli buyrug‘iga binoan 2021-yil uchun Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tuzish bo‘yicha hisob siyosati tasdiqlandi;

    -        2019-2021-yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotlarni Xalqaro tajribaga ega bo‘lgan “HLB Tashkent” MChJ konsultantlari yordamida qaytadan ko‘rib chiqildi va yakunda tegishli tavsiyalar asosida hisobning kamchiliklari bartaraf etildi;

    -         36-sonli “Aktivlarning qadrsizlanishi” MHXS talablariga muvofiq jamiyat aktivlarini qadrsizlanishga tekshirish bo‘yicha KPMG “Valuation and Consalting” MChJ bilan 2021-yil 21-sentabrda UZB-21-00018-sonli shartnoma imzolandi;

    -        Jamiyatning 2021-yil 5-noyabrdagi 334-sonli buyrug‘i bilan KPMG “Valuation and Consalting” MChJ tomonidan aktivlarni qadrsizlanishga tekshirish bo‘yicha yakuniy hisobotlarni Jamiyat komissiyasiga taqdim etish, ishni ko‘rib chiqish va qabul qilish to‘g‘risida ishchi guruh a'zolari tasdiqlandi;

    -        2021-yil 4-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida o‘tgan “Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Respublika Komissiyasi majlisi”ning 168-son bayoni 12-bandiga muvofiq “O‘zbekiston miilliy elektr tarmoqlari” AJning moliyaviy holatini to‘liq auditdan o‘tkazish bo‘yicha “KPMG Audit” MChJ bilan 2021-yil 8-noyabrda C-UZA-21-00177-sonli shartnoma imzolandi va Jamiyatning 2021-yil 10-dekabrdagi 367-sonli buyrug‘i bilan ishchi guruh tarkibi shakllantirilib, audit tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha mas'ul xodimllar saralab olindi;

    -        2021-yil 21-dekabrda “Ernst & Young” MChJ Xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan 2019-2020-yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotlarga “Ijobiy auditorlik xulosasi” berildi;

    -        2021-yil 22-dekabrda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Energetika vazirligiga 2019-2020-yillar uchun tuzilgan MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobotlarga “Ernst & Young” MChJ Xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan “Ijobiy auditorlik xulosasi” taqdim etildi;

    -        Jamiyatning 2021-yil 17-dekabrdagi 373-sonli buyrug‘i bilan 2022-yil uchun Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tuzish bo‘yicha hisob siyosati tasdiqlandi;

    -         MHXS joriy qilish bo‘limi 3 nafar xodimlari “Moliyaviy hisobot” F7 va DipFR xalqaro professional buxgalterlar sertifikatini uchun imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shuningdek 2021-yil uchun MHXS talablariga muvofiq tuziladigan konsolidatsiyalashgan (jamlanma) moliyaviy hisobotlarni tuzish va Xalqaro auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha 2022-yilga mo‘ljallangan ishlar rejasini ishlab chiqmoqda.

 

J. Sayfulloyev, «O‘zbekiston MET» AJ Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish bo‘limi boshlig‘i


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmat

>